ma’lum siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ekstremistik kuchlarni farqlay
olishlari, obrazli qilib aytganda, «burgaga achchiq qilib, ko‘rpani
kuydirmaslik»lari kerak. Bu, ayniqsa, ajdodlari va tarixiy o‘tmishi islom
dini bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan vatandoshlarimiz
uchun kechirarli
emasdir.
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqaddas
qadriyatlaridan biri – islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib
keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dinini
rivojlantirish, islom taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatga shak keltiradi, uni
obro‘sizlantiradi. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ichki ishlar
organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur
masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu
esa islom dinini
noo‘rin ayblash, unga janggari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy
tamg‘a bosilishining oldini oladi. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda
ayblash jahon miqyosida islom dini nufuzi va islom mavqeining oshib
borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy,
madaniy va
demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan pos-
tindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir.
Islom fundamentalizmi jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv va
integratsiya jarayonlariga nisbatan salbiy ta’sir shaklida maydonga
chiqqan. Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi
kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi.
Aytish joizki, islomda ham, xristianlik va boshqa dinlarda
bo‘lganidek, fundamental tushunchalar kishilarning ezgulik, rahm-shafqat,
mehr-oqibat, adolat va poklik kabi tasavvurlari asosiga qurilgan.
Shu bois
tom ma’nodagi diniy fundamentalizm ekstremistik ruhdagi
fundamentalizmdan farq qiladi. Fundamentalizmga qarshi kurashning
yo‘nalishi shu ma’noda din asoslariga emas, balki uning begona, yovvoyi
tarmog‘i bo‘lgan ekstremistik ruhdagi fundamentalizmga qaratilmog‘i
lozim.
An’anaviy islom dini fundamentalizm bayrog‘i ostida rivojlanmoqda.
Siyosiy islom esa islom dinini muayyan siyosiy maqsadlarga erishish
yo‘lida o‘ziga shior yoki niqob qilib olishga urinmoqda.
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globallashuv (lotinchada
globus
– shar, butun yer yuzini qamrab oluvchi voqea yoki hodisa),
175
standartlashuv (inglizchada
Dostları ilə paylaş: