O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Dinshunoslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat? 
2. Dinshunoslikning boshqa gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 
bilan aloqadorligini tahlil qiling. 
3. Dinshunoslikning boshqa fanlardan farqli jihatlarini aniqlang. 
4. Ichki ishlar organlari xodimlarining dinshunoslik fanini o‘rganish 
zaruriyati nimalardan iborat? 
5. Dinning tarkibiy qismlari deganda nimani tushunasiz? 
6. Diniy psixologiya nima? 
20


7. Diniy mafkura nima? 
8. Diniy mafkuraning xususiyatlarini aytib bering. 
9. Diniy marosimning qanday shakllarini bilasiz? 
10. Diniy tashkilot deganda nimani tushunasiz? 
11. Din jamiyatda qanday funksiyalarni bajaradi? 
21


2-mavzu 
DINNING ILK SHAKLLARI VA ULARNING INSON 
DUNYOQARASHIGA TA’SIRI 
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishga asosiy 
yondashuvlar
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganish qadimdan insoniyatni 
qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o‘zining dolzarb ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar 
paydo bo‘lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib 
kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma’lumotlar ilmiy xulosa 
chiqarishimiz uchun yetarli emas. 
Qadimgi davrlardan dinni o‘rganishda muammoga yondashuv va ular-
ni hal etish usullari bilan o‘zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiy 
yo‘nalishlar yuzaga kelgan.
Ilohiyot ta’limotiga ko‘ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni 
xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan 
yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo‘lgan xristianlik ta’limotiga binoan 
xudo insonni o‘zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga 
egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham 
yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan. Lekin, Odam Ato 
(Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo‘l 
qo‘yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo‘ldi. 
Lekin xudo insonga xalos bo‘lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni 
bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, inson-
ning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo‘lidagi faoliyati umumiy 
nom bilan din deb ataladi. 
Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo‘lganidan keyin jaholat, 
zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshi 
tinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo‘lgan 
inson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabki 
qadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan. Injilda qayd etilishicha, inson 
dastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan 
topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag‘ishlagan va yo‘l qo‘ygan 
xatosi uchun har qanday sinovlardan o‘tishga tayyorligini namoyish etgan.
Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod 
asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to‘g‘risidagi 
bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani 
yo‘q. 
22


Kishi xudoga e’tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig‘inishdan 
boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat 
voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko‘pxudolik paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt 
davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig‘inish yana qayta 
tiklandi. Ilohiyot an’analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini 
yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o‘rganadi. 
Fan dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishda boshqa prinsip va 
qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g‘ayritabiiy kuch faoliyati natijasida 
paydo bo‘lganligi g‘oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o‘rganadi. Dinni ilmiy o‘rganish 
dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy 
fanlardan oladi. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyat hozirgi holatga ega bo‘lishi uchun 
bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o‘tgan. Bu jarayon 
bir qator bosqichlarga bo‘linadi. Miloddan avvalgi 40–35-ming yilliklarda 
«Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o‘rnini «Xomo sapiyens» (ongli 
odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon 
odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari 
bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim 
elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o‘zaro 
munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat 
elementlari vujudga kelgan. 
Bizgacha yetib kelgan arxeologik manbalarning tasdiqlashicha, yuqori 
paleolit davridan boshlab odamlar vafot etgan urug‘doshlarini ko‘mish 
marosimini amalga oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo‘yoq 
surtilgan, qabriga ov va mehnat qurollari, maishiy buyumlar qo‘yilgan. Qoya 
va g‘orlarda chizilgan sujetlarda odamlar yarim odam va yarim hayvon 
qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma’lumotlar ham o‘sha vaqtda dinning paydo 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o‘rganish qadimgi davrlardan 
boshlangan. Dastlabki ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O‘rta Yer 
dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta Yer dengizi havzasida 
vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga 
kelishini ilmiy o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlari bunga munosabat masalasida ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi 
oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod qilishi sabablarini ruhiy (ideal) 
kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi 
oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini 
axtarib topishga harakat qilganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, din o‘z-o‘zidan 
23


(immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni qo‘rqitish va jamiyat 
qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi 
dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga 
kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo‘lmaydi, lekin xudoga 
munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat 
tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda naf-
ratni vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy 
borliq bilan uzviy bog‘lab tushuntirishda erishgan yutuqlari ilmiy 
dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. 
Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilan 
birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar. 
Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy 
dogmalar doirasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmadi. 
Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotda amalga oshirilgan o‘zgarishlar (kapitalistik munosabatlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san’atning yuksalishi, gumanizm va 
reformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana 
boshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas Gobbs (1588–1679 yillar) dinning 
vujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va jamiyat rivojlanishi 
qonuniyatlarini bilmasligi, ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika va qo‘rquvda 
yashashlari bilan bog‘lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkir 
B. Spinoza esa (1632–1677 yillar) T. Gobbsning g‘oyalarini rivojlantirgan. U 
o‘z kuchiga ishonmaslik, umid va qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanish 
odamlarga xos deb hisoblagan va diniy e’tiqodning ular ta’sirida vujudga 
kelgani to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. 
XVIII asrda feodal tuzum inqirozi sababli burjua revolutsiyalarining 
yangi kuch bilan Yevropada yoyilishi mutafakkirlarning dinga 
munosabatida o‘ta keskin namoyon bo‘lgan. Din – feodal tuzumning 
inqirozi sababchisi va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch, degan 
kayfiyat ustuvorlik qilgan. Bunday fikr ayniqsa fransuz 
ma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin namoyon bo‘lgan. Ma’ri-
fatparvar P. Golbax (1723–1789) dinni kishining xayolida vujudga kelgan 
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov 
an’analarini tanqid qilib, agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish kerak 
edi, deb P. 
Golbaxning fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Ma’rifatparvar 
24


P. S. Mareshal (1750–1803) dinni tanqid qilishda yanada keskin fikr 
bildirgan va din inson uchun afyundir degan xulosaga kelgan. 
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning din vujudga kelishi sabablarini 
o‘rganishda aytgan mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. 
Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obyektiv yondashuvlari 
buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik 
yoki inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini 
to‘liq inkor etishdan boshqa hech narsa emas. Ayni damda 
ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga kelishini 
ijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga urinishlari antik davr 
hurfikrligining qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega 
bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.
XIX asrda dinning mohiyati va vujudga kelishi sabablarini kompleks 
o‘rganish boshlagan. Ilmiy dinshunoslik maktablari, yo‘nalishlari va 
ta’limotlari paydo bo‘lgan. Birinchilar qatorida V. Grimm, M. Myuller kabi 
shaxslar rahbarligida mifologik maktab vujudga kelgan. Ushbu maktab 
vakillari diniy e’tiqodlarni qadimgi munajjimlar bajarganlar va afsonalarda 
ta’riflangan marosimlarni o‘rganishdan paydo bo‘lgan deb hisoblaganlar. 
Ammo maktab vakillari rivojlangan diniy tizimlarni tahlil qilishda aniq 
xulosalar bermaganlar. 
Dinning paydo bo‘lishini o‘rganishda o‘sha davrda antropologik 
maktabning vujudga kelishi muhim bo‘ldi. Ushbu maktabning vakillaridan 
biri L. 
Feyerbax (1806–1880) dinni tushuntirishda uning yerdagi 
manbalari va ildizlarini izlab topishga harakat qilgan. Odamlar din 
timsolida o‘zlarining tasavvurlari orqali vujudga keltirilgan obrazlarga 
sog‘inadi deb diniy qarashlar va hissiyotlar kishilarda tug‘ma mavjudligi 
to‘g‘risidagi ilohiyot g‘oyasini tanqid qilgan. Uning vujudga kelishi 
sabablarini odamlarning ruhiy fiziologik xususiyatlari va qurshab turgan 
tabiatdan axtarib topishga harakat qilgan. Mutafakkir diniy e’tiqodning 
vujudga kelishida salbiy his-tuyg‘ular, ya’ni qo‘rqish, qayg‘u-iztirob 
kabilar bilan birga shodlik, mehr-oqibat, sevgi, minnatdorlik singari ijobiy 
his-tuyg‘ular ham ishtirok etishini qayd etgan. 
XIX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan marksizm dinni o‘rganishda 
o‘zgacha yondashuvga asoslanadi. Unda ijtimoiy shart-sharoitlar va 
jamiyat rivojlanishi darajasiga alohida e’tibor beriladi. Marksizm 
ta’limotiga binoan, individ shaxs sifatida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida 
shakllanadi. Shu bois diniy tasavvurlar inson ongida emas, balki tarixiy 
jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Din turlarining rivojlanishi ham o‘z-
25


o‘zidan yuz bermaydi. Ular ijtimoiy shart-sharoitlarning pishib yetilishi va 
jamiyatning rivojlanishi ta’sirida o‘zgarib boradi. 
Marksizm dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati masalasida 
dinni hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy 
taraqqiyotga qarshi kuch hamda ma’naviy zulm shakli deb baholagan. 
XX asrda dinning vujudga kelishi sabablarini antropologik 
yondashuvidagidek ibtidoiy odamning abstrakt tafakkuri mahsuli, ongning 
mantiq qoidalariga zid kelishi natijasi sifatida baholash va marksizmdagi 
hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy 
taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch kabilar bilan bog‘lab tushuntirishdan 
farq qiluvchi g‘oyalar vujudga kelgan.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida dinni sotsiologik 
o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu sohada nemis mutafakkiri 
M. 
Veber (1864–1920) va fransuz mutafakkiri E. 
Dyurkgeymlarning 
(1858–1917) xizmatlari katta bo‘lgan. 
M. Veberning fikriga ko‘ra, sotsiologiyani dinning manbalari va 
metafizik mohiyati masalasi emas, balki uning mavjudligi, shart-sharoitlari 
qiziqtiradi. Sotsiologiya esa diniy g‘oyalar va tasavvurlarning kishilar 
xatti-harakatlari va ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishi 
kerak. 
M. Veber sotsiologiya predmetini dinning sotsial funksiyasidan kelib 
chiqqan holda belgilagan. Dinni individ va jamiyatning ahamiyati, 
simvollari va qadriyatlarini belgilovchi madaniy tizim, ijtimoiy institut deb 
hisoblagan.
Din qadriyatlarning birlamchi asosidir. Zero, din kishi harakatiga 
ma’no va mazmun baxsh etuvchi eng muhim usul sifatida uning maqsadini 
belgilaydi. Din vositasida dunyo manzarasi ishlab chiqiladi, unda amal 
qiladigan qadriyatlar va normalar tizimi hosil qilinadi. Bu esa hayot uchun 
nimalar ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlovchi vosita vazifasini 
bajaradi.
E. Dyurkgeym dinni o‘rganishda M. Veberga nisbatan tamoman bosh-
qacha yondashadi. U dinni o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarning 
umumiy prinsiplariga tayanadi. Uning fikriga ko‘ra, sotsial ma’lu-
motlarning manbai tafakkurda yoki alohida olingan kishilarning xatti-
harakatlarida emas, balki jamiyatdadir. Sotsial voqelik hosil bo‘lishi uchun 
kamida bir necha kishi birlashib harakat qilishi va bu jarayon yangi 
natijani vujudga keltirishi kerak. Mazkur jarayonlarning natijasi individ 
ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun 
xatti-harakatlar, qadriyatlar va normalar namunasi vujudga keladi va 
26


mustahkamlanadi. Natija ijodiy jarayonda ishtirok etayotgan individ uchun 
obyektiv voqelikka aylanadi. Din ijtimoiy voqelik bo‘lib, unda boshqa 
ijtimoiy institutlarni o‘rganishdagi uslublar va baholash mezonlaridan ham 
foydalanish mumkin.
Din muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida yuzaga 
kelgan ijtimoiy institutdir. Uning manbai odamlarning ijtimoiy hayotidan 
kelib chiqadi. Din orqali jamiyat o‘zini ilohiylashtiradi. Uning mavjudligi 
va mohiyati ijtimoiy his-tuyg‘ularni muqaddaslashtirishga, jamiyatning 
shaxsga ta’sirini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat bo‘ladi.
Dinni sotsiologik o‘rganish uni ijtimoiy voqelik sifatida yondashuvga 
asoslanadi. Lekin din nafaqat sotsiologik, balki ruhiy voqelik ham 
hisoblanadi. Din psixologiyasi vakillari uni o‘rganishda ushbu jihatlariga 
alohida e’tibor beradilar. Ular dinning vujudga kelishi sabablarini odamni 
o‘rab turgan tashqi dunyodan emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i 
va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb hisoblaydilar.
Din psixologiyasini o‘rganishda Z. Freydning (1856-1939) xizmatlari 
katta bo‘lgan. Z. Freyd dinni inson faoliyatining mahsuli deb hisoblagan. 
U dinning kishi tabiatga qaramligi sababli vujudga kelganligini qayd etgan 
holda bilishning irratsional (lotinchada – mantiqsizlik, tafakkurga zid 
qarashlar degan ma’nolarni anglatadi) mexanizmlarini hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlagan. 
Z. Freydning ta’limotiga ko‘ra, inson psixikasi uch darajaning o‘zaro 
hamkorligidan hosil bo‘ladi: ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalari. 
Bularning ichida ongsizlik darajasi psixikada katta ahamiyatga ega. Inson 
psixikasining bu darajasida tabiiy instinktlar va «birlamchi mayllar» 
ustuvorlik qiladi. Z. Freyd asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun 
qo‘ygan. Individning ongsizlik bilan bog‘liq mayllari jamiyat uchun katta 
xavf-xatar tug‘diradi. Jamiyat o‘zini kishi mayllaridan himoya qilishi 
uchun ijtimoiy normalar va boshqa madaniyat elementlaridan iborat 
ustqurma mexanizmlarni vujudga keltirgan. O‘ta kuchli tabiiy ehtiyojlarni 
ijtimoiy normalar bilan tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi. 
Z. Freydning fikriga ko‘ra, tabiiy mayllarning tiyilishi individ psixikasida 
nevroz holatini vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir. 
Lekin din jamoa nevrozi sifatida kishini individual iztiroblardan saqlaydi, 
individual nevrozning rivojlanishini to‘xtatadi va fojiali oqibatlarga olib 
kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, dinni vujudga kelishi 
sabablarini uning alohida xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib 
bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalaga bunday yondashuv dinni kompleks 
27


o‘rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o‘rganish uning jamiyatda takror 
ishlab chiqarishga sabab bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.
Dinning vujudga kelishi, avloddan-avlodga o‘tib borishi va ri-
vojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantiruvchi omillar uning ildizlari 
deb ataladi. Dinning ildizlari uch qisimga bo‘linadi. Ularning har biri dinni 
o‘rganishda juda muhim. Bu qisimlar birgalikda dinning vujudga kelishi 
uchun shart-sharoit yaratadi. Ular quyidagilardan iborat: 
1) dinning ijtimoiy ildizi kundalik hayotda kishilarning turmushini 
belgilovchi moddiy va ma’naviy munosabatlar tizimidan iborat. Dinning 
ijtimoiy ildizida moddiy sharoitlar ustuvor. Siyosiy ustqurma institutlari 
dinga ikkilamchi ta’sir etadi.
Dinning ijtimoiy ildizini tashkil etuvchi jabhalardan biri ijtimoiy 
hayotni stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib 
bo‘lmaydigan jarayonlar jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
inqirozlarni, urushlarni, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, individ 
ularning vayron qiluvchi ta’sirlaridan o‘zini himoya qilishga intiladi va 
oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan najot so‘rab murojaat qilishga majbur 
bo‘ladi.
2) dinning gnoseologik (grekcha 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin