Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
3-Sinf

Darsni yakunlash. 
Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish 
MMIBDO‘
: __________________ 
 


 
Sana:
6-mavzu: Bo`lay desang baquvvat bardam,sport bilan shug`ullan hardam 
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarni ma`nan barkamol,jismonan sog`lom vabaquvvat qilib 
kamol toptirish hamda sport turlari bilan tanishtirish orqali nazariy bilimlarini boyitsh 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, 
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, 
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi 
Kun shiori:Sog’ tanda-sog’lom aqlTarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
AKT vositalari, proektor, tarqatma 
material,rasmlar,plakatlar. 
Mashg`ulot davomida mavzuga doir vidieolavha, fotoillyustratsiyalardan, slaydva CD, DVD disklardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tarbiyaviy mashg`ulotnio`tish joyi:Sinf xonasi. 
Tashkiliy qism: 
a)Psixologik muhit yaratish. 
b)Navbatchi hisoboti. 
Mashg`ulotmavzusiningmaqsadvavazifasibilano`quvchilarnitanishtirish. O`quvchilarni 3-4 guruhga bo`lish 
II. Asosiy qism 
O`qituvchi o`quvchilarga shaxsiy gigiyena, kun tartibi va sog`lomlashtiruvchi mashqlar haqida ma`lumotlar 
beradi.
O`qituvchining kichik ma`ruzasi: 
Azizo`quvchilar! Mustaqillikka erishgan ilk kunimizdan boshlab Prezidentimizning shaxsan o`zlarining 
rahnamoligi ostida sportga, ayniqsa bolalar sportini yanada ommaviylashtirish ishlari jadal suratda olib 
borilmoqda. Bu esa, mamlakatimiz yoshlari orasida ko`plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga va 
davlatimiz bayrog`ini Xalqaro sport musobaqalarida yuqori ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda.Hechbirsoha 
yurt dovrug`ini sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi.Vatanimizning bayrog`ini jahon shohsupalarida 
mag`rur hilpirashida ham mahoratli sportchilarimizning xizmati katta. 2012-yil Londonda bo`lib o`tgan 
XXX yozgi olimpiada musobaqasida yurtimiz sportchilari bitta oltin va uchta bronza medali sohibi 
bo`lishdi.Bugun Artur Taymazov,Rishod Sobirov,Abbos Atoyev hamda Soslan Tigiyev kabi o`g`lonlariga 
barchaning havasi keladi. 
Sportda muvaffaqiyatlarga erishish oson bo`lmaydi. Buning uchun temirdek iroda, intizom va tinimsiz 
jismoniy mashg`ulotlar olib borilishi zarur.
Sport - insonni kuchli, baquvvat qilib tarbiyalashi bilan birga, sog`liqni saqlashida muhim omil bo`lib 
xizmat qiladi. Shuning uchun ham siz aziz bolajonlar doimo jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib boring!
Kelinglar hozir barchamiz badantarbiya mashqlarini bajaramiz.Bunda qaysi guruh faol qatnashsa rag`bat 
kartochkalari bilan taqdirlanadilar. 
Badantarbiya mashqlari2-3 martadan takrorlangan holda bajariladi. Faol qatnashgan guruhlarga rag`bat 
kartochkalari bilan taqdirlanadilar. 
1-mashq.D.h. qo`llar belda. 1-Boshni oldinga egish; 2-D.h.; 3-boshni orqaga egish; 4-D.h.; 5-boshni chapga 
egish; 6-D.h.; 7-boshni o`ngga egish; 8-D.h. 
2-mashq. D.h. qo`llar belda. 1-Chap tomonga egilish; 2-D.h.; 3-o`ng tomonga egilish; 4-D.h. qaytish. 
3-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar pastda oyoqlar yelka kengligida. 1-Qo`llarni yuqoriga baland ko`taramiz; 2-
qo`llarni pastga tushuramiz. 
4-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar belda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Oldinga egilib, qo`llarni oyoqlar uchiga 
tekkazish; 2-D.h.; 3-Orqaga egilish, qo`llar bel orqasida; 4-D.h. 
5-mashq. D.h. Qo`llar oldinga uzatilgan. 1-Asta sekinlik bilan qo`llarni yuqoriga ko`tarib, oyoqlar uchida 
turamiz; 2-D.h. 


 
6-mashq. D.h. qo`llar pastda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Chuqur nafas olib, qo`llarni yuqoriga ko`tarish 
(olingan 
nafasni 
ushlab turish); 2-Asta-
sekinlik bilan nafas 
chiqarilib, 
qo`llar 
pastga tushuriladi.
1-mashq.
2-mashq. 3-mashq. 
4-mashq.
5-mashq. 
Badantarbiya mashqlarini bajarib bo`lgach, o`quvchilarning faolligini yanada oshirish maqsadida kichik 
guruhlarda ishlash o`tkaziladi. Bunda oquvchilarning sport turlari bilan tanishtirish, diqqat faoliyatini 
oshirish uchun guruhlar o`rtasida “Qani topchi!” o`yini o`tkaziladi.
Savol-javoblar: 
-
Rasmlardaqaysi sport turlariberilgan? 
-
Rasmda qaysisport turlari takroriy berilgan?
 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin