Sana:
13-mavzu: “Bizning huquqlarimiz”
.
(8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
I.Kirish :
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilar qalbida Vatan tuyg`usini shaklllantirish,ona yurtiga muhabbatli
va sadoqatli bo`lishga,uni ko`z qorachig`idek asrash hamda uni qadrlashga o`rgatish.O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining mazmun –mohiyatini to`liq anglashlariga erishish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni
his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va
fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va
sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kun shiori: Konstitutsiya-baxtimiz poydevori
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
DVD,disk,
tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va
diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
a)Psixologik muhit yaratish.
b)Navbatchi hisoboti.
II.Asosiy qism:
Bundan roppa-rosa yigirma bir yil muqaddam 1992-yil 8-dekabrda davlatimizning asosiy qonuni –O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.
Shundan buyon 8-dekabrni O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuni sifatida bayram qilib kelamiz.
Oradan ikki kun o`tib,ya`ni 1992-yil 10-dekabr kuni davlatimiz madhiyasi qabul qilindi.Kelinglar
birgalikda
davlatimiz madhiyasini ijro etamiz.
Madhiya kuylanadi.
O`zbekiston Respublikasi Qomusi Muqaddima,6 bo`lim,26 bob va 128 moddadan iborat bo`lib,boshqa qonunlar
unga asosan qabul qilinadi.
Amaldagi Konstitsiya 2023-yil 30 aprelda quyidagi ko’rinishda o’zgartirildi
Muqaddima 6 ta bo‘lim 27 ta bob 155 ta modda
Ushbu muhim hujjat yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar bir xil huqu va erkinliklarga ega
bo`lib,jinsi,irqi,millati,dini,ijtimoiy
kelib
chiqishidan
qat`iy
nazar
qonun
oldida
tengligini
ifoda
etadi.Konstitutsiyada
mamlakatimiz
yaxlitligi,tinchligi
va
barqarorligi,xalqimiz
birdamligi,milliy
va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat aniq belgilab qo`yilgan.
(
Plakatdagi rasmlar orqali imkon bo`lsa proyektor orqali moddalar rasmli izohlar orqali namoyish etiladi.)
O`qituvchi:
-Qomusimiz o`z to`yin qilur bugun tantana,
Karnay-surnay sadosi taralgan keng olamga.
Qutlug`ayyom muborak,yurtimda shodiyona,
Iqbol,quvonch keltirsin ozod,obod o`lkamga.
-Asosiy qomusimiz hayotimiz qomusi,
Mustaqillik tufayli ushlandi armonimiz.
Konstitutsiyamiz xalqimiz or-nomusi,
Taqdirimizdan so`zlar e`tiqod,vijdonimiz.
Aqliy hujum:
1.Rasmlarni diqqat bilan kuzating ular asosida o`z huquqlaringizni yozib chiqasiz.
Demak
birinchi guruhga bilim olish,ikkinchi guruhga mehnat qilish,uchinchi guruhga
esa tibbiy xizmatlardan
foydalanish huquqi haqida matn yozish vazifasi topshiriladi.
2.Fuqarolar atrof- tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.(O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi,50-modda)
Ushbu moddani izohlang,atrof-muhitga qanday ehtiyotkorona munosabatda bo`lishimiz mumkin?
O`qituvchi:Konstitutsiyamizning 13-moddasida “O`zbekiston Respublikasida
demokratiya umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadi,ularga ko`ra inson,uning hayoti,erkinligi,sha`ni,qadr-qimmati
va boshqa huquqlari oliy
qadriyati hisoblanadi”,deya belgilab qo`yilgan.
Konstitutsiya faqatgina inson huquqlarini emas,burch va majburiyatlarini ham o`z ichiga oladi. O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 48- moddasiga ko`ra,”Fuqarolar Konstitutsiya
va qonunlarga ruioya
etishga,boshqa kishilarning huquqlari,erkinliklari,sha`ni va qadr –qimmatini hurmat qilishga majburdir”.
III.Yakuniy qism:
Bugungi mavzuni mustahkamlash uchun boshqotirmani e`tiboringizga havola etaman.
1.Barchamiz uchun majburiy bo`lgan qoidalar.—(Qonun)
2.Milliy bayramlardan biri,
(Navro`z)
3.Davlatimiz tili.
(O`zbek)
4.Ramzlarimizdan biri.
(Bayroq)
Q O N
U N
A
V
B
A Y R
O Q
O`
Z
B
E
K
Z
Endi “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi ustida ishlaymiz tog`ri javoblarni belgilang.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: