Mavzu: Xalq tabobati el salomatligi yo'lida Reja



Yüklə 23,16 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü23,16 Kb.
#99076
Xalq tabobati el salomatligi yo\'lida 123 Nodi


Mavzu: Xalq tabobati el salomatligi yo'lida
Reja:

  1. Xalq tabobatida el salomatligi yo’lida olib borilayotgan ishlar.

  2. Xalq tabobati.

  3. Xulosa.

Jamiyat sogʻligini saqlash xar bir demokratik, ijtimoiy yunaltirilgan davlat uchun strategik vazifadir. Bu borada soʻngi yillarda bir qator qonunlar va Prezident farmonlari qabul qilingandan soʻng amalga oshirilgan keng qoʻlamli islohotlar fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlardan, dori darmonlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qelib kelmoqda.


Aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim oʻrin tutadi. Ilgari xalq tabobatiga munosib eʼtibor koʻrsatilmagan desak mubolagʻa bulmaydi. Muxtaram Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF №3968 qarori xalq tabobatini tizimli ravishda faoliyatini yulga quyishga qaratilgan qaror boʻldi. Xalq tabobati zamonaviy ilmiy tibbiyotni oʻziga xos ravishda toʻplangan asriy tajriba bilan toʻldiradi. Turli kasalliklarni oldini olishda, sogʻlom turmush tarzini va ovqatlanish madaniyatini rivojlantirishda, insonni tabiat bilan yaqinlashtirishga, tabiat neʼmatlaridan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatadi. Koronavirus pandemiyasi qaysi mamlakatda xalq tabobati madaniyati, sogʻlom turmush tarzi yuqori boʻlsa, oʻsha mamlakatda keng tarqalmadi, yoki nisbatan tez bartaraf etildi. Shu sababdan xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga jadal integratsiyalash, fuqarolar salomatligini yana-da mustahkamlash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida 10-aprel 2020-yilda aloxida yana bir Prezidentimiz “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaror qabul qildilar.
Qarorda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023-yillarga moʻljallangan strategiya amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilingan hamda bizning bu boradagi strategik maqsadlarimiz toʻliq aks ettirilgan. Ushbu strategiya ikkita maqsadini koʻzlaydi: birinchisi Respublikamizda xalq tabobati rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratib berish, ikkinchisi – xalq tabobati bilan shugʻulanayotgan tabiblarning maxsulotlari, amaliyotlari va faoliyatini tartibga solish orqali axolini samarali va xavfsiz anʼanaviy tibbiyot xizmati bilan taʼminlashdir.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlarini jalb qilgan holda, Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-2025-yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasi tayerlanishi koʻzda tutilgan.
Aytish lozimki, taklif etilayotgan chora-tadbirlar Prezidentning 2018-yil 7-dekabrdagi PF–5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan va hozirda amalga oshirilayotgan 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bilan uzviy bogʻliqligi saqlanib qolgan. Shuningdek Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023-yillarga moʻljallangan strategiyasida nazarda tutilgan tavsiyalar va takliflarni amalda bajarish xamda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilgʻor tajribasini chuqur oʻrganib kerakli tavsiyalar berish koʻzda tutilgan.
Oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va oʻziga xos merosidan foydalangan holda, ilmiy tadqiqotlarni keng qoʻllash xamda kadrlarni tayerlash tizimini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va xududlarda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil etiladi. Xududiy markazlarni Davlat byudjet manbalardan tashqari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyashtirishi belgilab berilgan.
Koʻrinib turibdiki, Prezidentimizning mazkur qarori ham xalq salomatligi yoʻlidagi yana bir gʻamxoʻrlik boʻlishi qatorida milliy tarixiy merosimizni (bu yerda sogʻliqni saqlash borasidagi merosimizni) tiklash va xalq manfaatlariga xizmat qildirish borasida navbatdagi muhim qadamdir.
Yoshligimizda nuroniylar “Tabiat bergan kasalliklarning davosi tabiatning oʻzida” deya uqtirardilar. Tabiblar esa kasalliklarning taxminan 70 foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda, deb aytishadi. Asrlar osha qadr-qimmatini yoʻqotmay kelayotgan bu purmaʼno hikmat zamirida ona tabiatning ajralmas qismi boʻlgan inson yoʻliqadigan kasalliklarga davo atrofimizni oʻrab turgan borliqda mujassam, degan hayotiy haqiqat yotibdi. Faqat uni ilgʻab, anglab oʻz oʻrnida foydalanish kerak.
Bu borada uzoq tarixga ega xalq tabobati eng yaqin koʻmakchi boʻlib kelgan. Biroq ushbu sohaga yetarli darajada eʼtibor qaratilmasligi oqibatida yurtimizda anʼanaviy davolash usullari unutilib ketayozgan edi. Ana shunday bir paytda shu yil 10-aprelda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivoj­lantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani ayni muddao boʻldi.
L. Morgan, E. Teylor, R. Soleski singari ibti­doiy madaniyat tadqiqotchilari xalq tabobatining shakllanishi Yer yuzida insoniyatning paydo boʻlishiga ­borib taqalishiga urgʻu beradi. Chindan ham, davolashning bu usuli oʻta qadimiy.
Uning sirlari avloddan-avlodga oʻtib, xalqning necha ming yillik tajribalari natijasida sayqallanib, bizgacha yetib kelgan. Buni zardushtiylik taʼlimotining muqaddas kitobi “Avesto” ham tasdiqlaydi. Uning barcha qismida, xususan, “Vendidod”da tabiblar tayyorlash, tabobat amaliyoti, kasalliklar tasnifi, ularning paydo boʻlish sababi va omillari, noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Shuning­dek, tabib madaniyati, axloqi, uning kasbiga fidoyiligi kabi masalalar bayoniga alohida sahifalar ajratilganki, bu zaminimiz xalq tabobatida nihoyatda boy tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim anʼanalarni davom ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa, dunyo xalqlarining sevimli asariga, tibbiyot sohasi xodimlari faoliyatida dasturil­amalga aylangan “Tib qonunlari” atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan maʼlumotlar oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmagan, aksincha, qadr-qimmati yana-da oshgan. Ulardan yana-da kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir. Binobarin, xalq tabobati, uning oʻziga xos anʼanalari aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, xususan, surunkali kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik borasida amalda koʻp sinovlardan oʻtgan. Yurtimizda xalq tabobati rivojiga yuksak darajada eʼtibor qaratilayotganining boisi ham shunda. Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiya­si tashkil etilib, jabhada olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar samarasi oʻlaroq, u taraqqiyotga yuz tuta boshladi.
Biroq qaysi soha boʻlmasin, vaqt oʻtishi bilan mustahkam ilmiy asos va zamonaviy ilmga ehtiyoj sezganidek, xalq tabobatini ham sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, oʻzaro uygʻunlashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni hayotning oʻzi taqozo qilayotgan edi. Shu maʼnoda, yuqorida nomi keltirilgan qarorda shu kabi masalalarni tizimli hal etishning aniq mexanizmi belgilab berilgani diqqatga sazovor.
Hujjatga koʻra, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilmoqda. Oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va oʻziga xos merosidan foydalangan holda, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishning samaradorligini tahlil qilish va oʻrganish uning asosiy vazifasi etib belgilanmoqda. Buning uchun fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tib­biyot, xiro-amaliyot, sigun kabi xalq tabobatining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish, ularni amaliyotda keng qoʻllash, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash ishlarida bosh-qosh boʻladi. Bundan tashqari, dorivor oʻsimliklar oʻstirish, ular asosida xom ashyo tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish, noyob shifobaxsh giyohlarni mahalliylashtirish boʻyicha tashabbuskor boʻladi.
Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Uning hududiy markazlarida xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy maʼlumotga ega boʻlmaganlarga tegishli yoʻnalishlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi. Hududiy markazlarda ilgʻor ilmiy izlanishlar va ­tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha qulaylik, zarur moddiy-texnika bazaga ega zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Bularning barchasi kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashda gʻoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan xalq tabobatini rivojlantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Ammo sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda xorijning ilgʻor tajribasini oʻrganish har tomonlama foydalidir. Shuning uchun bu jabhada yetakchilik qilayotgan Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya davlatlari bilan hamkorlik, jumladan, joyiga borib keng oʻrganish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bu borada dardlarni davolashda moʻjizalarga qodir boʻlgan Xitoy tabobatiga koʻproq murojaat qilinishi koʻzda tutilayotgani quvonarlidir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, Chin yurtida 1949-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davr mobaynida aholining umr koʻrish darajasi 2 barobardan koʻpga uzayib, oʻrtacha yashash davomiyligi
35 yoshdan 73 yoshga yetgan. Tabiiy savol tugʻiladi: buning siri nimada? Insonparvar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qatorida, xalq tabobatining ommalashtirilishi samarasi hamdir.
Gap shundaki, oʻtgan asrning 50-yillarida Xitoyda bemorni davolash borasida tabiblar tajribasi va yutuqlariga boʻlgan qiziqish tufayli xalq tabobati davolash usuli ­sifatida qayta tiklandi. 1972-yildan esa uning anʼanalari ilmiy asoslangan fan, taʼbir joiz boʻlsa, Xitoy ramzi, millat mulki sifatida jamiyat tomonidan tan olinadi.
Aytishlaricha, eramizdan avvalgi 259 — 210-yillarda Xitoyda yashab oʻtgan imperator Sin Shixuan juda badjahl, qaysar va johil boʻlsa-da, tibbiyotga oid kitoblarni asrab-avaylagan ekan. Ana shu manba qadimiy tabobatni nafaqat qayta tiklash, balki uning yutuqlarini zamonaviy tib­biyotga tatbiq etish va ularni oʻzaro uygʻunlashtirish imkonini beradi. ­Bugungi kunda sogʻliqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlar negizi ayni shunda, deb qaraladi. Buning amaliy isbotini dunyoning eng badavlat va mashhur kishilari dam olib, sogʻligʻini tiklaydigan Gavayi orollariga qiyoslanadigan Xaynan oroli misolida ham koʻrish mumkin.
Bundan atigi 30 yil muqaddam — 1990-yillarda bu yerda qadimgi baliqchilar qishlogʻidan boshqa hech vaqo boʻlmagan. Xitoyliklar bir avlod koʻz oʻngida aholisi qashshoq, yerlari botqoq boʻlgan orolni ham dam oladigan, ham davolanadigan dunyoning eng mashhur kurort maskanlaridan biriga ­aylantirishga muvaffaq boʻlishdi. Dengiz boʻyida zamonaviy bandargohlar, koʻp qavatli binolar, shifoxonalar, ­kurort va sanatoriylar barpo etilgan bu manzil yil davomida sayyohlar bilan gavjum. Inson salomatligini tiklash va davolashning qadimiy usuli ana shunday imkoniyatlarni tortiq qildi. Ayni paytda bu yerda sogʻlomlashtirish dasturlariga qoʻshimcha ravishda inson organizmini yoshartirish ustida olib borilgan ilmiy-­amaliy ishlar natijalariga asoslangan yangi yoʻnalishlar kiritilgani qiziqishni yana-da oshi­rayotgani bor gap.
Oʻzbekistonda xalq tabobatini ana shunday yuqori darajaga olib chiqish uchun imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli. Jonajon Vatanimiz betakror tabiati, oʻziga xos oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega, Allohning nazari tushgan noyob manzil hisoblanadi. Eng muhimi, tib ilmining ustuni boʻlmish Abu Ali ibn Sino bobomiz qoldirgan benazir ­merosga egamiz. Ularni amaliyotda keng qoʻllash koʻzda tutilgan 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning maqsadli koʻrsatkichlarni amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda. Mazkur konsepsiya tasdiqlanib, amalga joriy etilishi sohadagi koʻplab muammolarni hal qiladi. Masalan, xalq tabobatining oʻzagi boʻlgan asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirish va zamonaviy tibbiyotda ularni qoʻllash boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar, adabiyotlar juda-juda kam. Qadimda keng foydalanilgan va yuqori samarali davolash usullari boʻyicha adabiyotlar yaratilishi, tar­gʻibot ishlarining kuchaytirilishi, oʻz navbatida, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini joriy etishda qoʻl keladi. Eng katta boyligimiz boʻlgan sogʻligʻimizni mus­tahkamlashga xizmat qiladi.
Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrimizda tibbiyot rivoji ham tezlashib ketdi. Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolashning yagona vositasi emas. Bu usulda tayyorlangan dori-darmonlardan koʻra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar asosida davolashning foydasi yuqori ekanligi butun dunyoda tan olinmoqda. Aniqrogʻi, xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda oʻzini oqlamoqda. Shu bois unga murojaat qiluvchilar tobora ortib boryapti. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiya amalga oshirilayotgani ana shu hayotiy ehtiyoj mevasi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Xulosa
Bugun yurtimizda xalq tabobatini zamonaviy sogʻliqni saqlash ­tizimiga izchil integratsiyalash borasida olib borilayotgan ­bunday keng koʻlamli islohotlar qadim davolash sirlaridan voqif boʻlish, bizga maʼlum boʻlmagan dorivor oʻsimliklarni aniqlash, ulardan aholi salomatligi yoʻlida samarali foydalanishdek ezgu ­maqsadga ­qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Binobarin, inson va ­tabiat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻzaro vobastalikni taʼminlagan holda, inson salomatligini ­mustahkamlash xalq ­tabobatini taraqqiy ettirishdan koʻzlangan pirovard maqsaddir.
Yüklə 23,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin