Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
3-Sinf

 
Sana:
12-mavzu: “Yo’llardan o’tish qoidalari”
 
I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi

tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l
 
harakati

qoidasiga rioya etish umr foydasi
 
ekanligini turli misollar orqali tushuntirish. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, 
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual 
va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik 
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: 
mavzuga oid rasm, DVD
 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism:
Piyodalar o‘tish joyi 
– yo‘lning qatnov qismini piyodalar kesibo‘tishi uchun mo‘ljallangan chiziqlari bilan 
ajratilgan bo’ladi. Qatnov qismi faqat transport vositalarining harakati uchun emas, balki piyodalarning 
yurishi uchun ham mo‘ljallangandir. Shu sababli yo‘lning cheti piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilib, 
uni trotuar deb ataymiz. 
Trotuar 
– yo‘lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus 
to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan yurishlari kerak. 
YHQda piyodalarning yurishiga ruxsat beradigan yoki uni taqiqlaydigan maxsus belgilar bor. Masalan, 
axborotishora belgilari guruhida to‘g‘ri burchak shaklidagi 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgisi bor. Bu 
belgi haydovchini yo‘lning piyodalar kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan yeriga yaqinlashayotganidan 
ogohlantiradi, 4.6. aylana shaklidagi havorang asosda tasvirlangan buyuruvchi belgi guruhidagi 4.6 
«Piyodalar yo‘lkasi» belgisi faqat piyodalarning yurishiga ruxsat etadi. Ba’zan bu belgi (3.10 yo‘l belgisi 
bilan birga) metro stansiyalari oralig‘ida piyodalarning bir taraflama harakatini joriy etish uchun ham 
ishlatiladi. Taqiqlovchi belgilar guruhida shakli bo‘yicha xuddi shunday belgi bor,lekin u havorang asosda 
emas, balki oq asosda bo‘lib, uning chetlari bo‘ylab va o‘rtasidan qizil rangli chiziq chizilgan. U yo‘lning 
belgidan keyingi qismida piyodalarning yurishi taqiqlanganligini bildiradi. Ushbu yo‘l belgilari piyodalar 
o‘tish joyini belgilab, «zebra» shaklidagi yotiq chiziq bilan yoki ularsiz ishlatilishi mumkin. 5.16.1 belgi. 
Yana yerning ostidan va ustidan o‘tish kerakligini bildiruvchi belgilar 
ham bor. «Piyodalarning yer ostidan o‘tish 
joyi», «Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi» 
Ushbu belgilar yer ustidan (ko‘pincha temir yo‘l 
ustidan) va yer ostidan (serqatnov ko‘chalarning 
ostidan) o‘tish joylarini ko‘rsatadi. Piyodalar 
piyodalarning o‘tish joylari, shuningdek, yer 
ostidan, yer 
ustidan va qatnov qismining yuzasidan o‘tish 
joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda 
trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib 
o‘tishlari kerak. Piyodalarga yo‘lni kesib 
o‘tayotganida, ularga 
yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘l quruq 
paytda kamida 50 metr, ho‘l yoki qor bosgan vaqtda kamida 100 metr narida bo‘lganda o‘tish tavsiya 
qilinadi. Bunday masofa haydovchiga zarurat tug‘ilganda transportni to‘xtatish uchun shoshilinch choralar 
ko‘rish imkonini beradi..
 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin