Sana: 10-mavzu:
“Shahar tashqarisida xavfsizluk qoidalari”
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
:
tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l
harakati qoidasiga
rioya
etish umr foydasi
ekanligini turli misollar orqali tushuntirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni,
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual
va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
mavzuga oid rasm, DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
II.Asosiy qism:
Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining yuqori darajali xavf-hatar manbai
ekanligini piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda
ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan amalga
oshiradilar. Alohida guruhdagi tartibsiz va tavakkal qilishga moyilligi bor piyodalar atayin keskin
vaziyatlarni vujudga keltiradilar. Bundan tashqari, aksariyat hollarda haydovchilar piyodalarning tasodifan
qatnov qismida paydo bo‘lishi alomatlarini to‘g‘ri baholay olmasliklari oqibatida ularni
urib ketish holatlari vujudga keladi. Shunday ekan, harakatdagi transportga halal bermaslik va o‘zi ham
falokatga uchramaslik uchun piyodalar harakatlanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Bu juda qiyin
ish emas. Piyodalar shuni bilib olishlari kerakki, yo‘llarning qatnov qismi transport vositalarining
harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. Xo‘sh, shunday ekan, piyodalar qayerda harakatlanishlari kerak?
Piyodalar trotuarlardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘lning
qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi
yo‘nalishda yurishlari kerak. Chunki aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda harakatlanish tezligi
aholi yashaydigan joylardagi yo‘llarga nisbatan ancha yuqori hamda ularga trotuar qurilmagan bo‘ladi. Agar
piyoda bunday yo‘lda harakatlanish oqimi bo‘ylab harakatlansa, orqadan kelayotgan transport vositalarini
ko‘rmay qoladi, natijada transport vositasi orqadan kelib piyodani urib ketishi mumkin. Piyoda transport
vositasi oqimiga qarshi harakatlanganda esa, u qarshi tomonidan
kelayotgan transport vositasini kuzatib harakatlanadi va har daqiqada o‘zini olib qochish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab
ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo‘lkasida, trotuarlarda, yo‘l yoqasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan qurilma
va jihozlar o‘rnatish man etiladi. Agar chorraha svetoforlar bilan jihozlangan bo‘lsa, piyodalar
o‘zlariga tegishli svetoforning chiroqlariga e’tibor bilan qarashlari va yashil chiroq yongandan keyingina
yo‘lni kesib o‘tishlari kerak. Chorrahaga svetofor o‘rnatilmagan holatlarda esa, piyodalar yaqinlashib
kelayotgan transportning ancha narida ekanligiga va uning tezligi yo‘lning qatnov qismini bamaylixotir
kesib o‘tishga imkon berishiga ishonch hosil qilgandan keyingina o‘tish mumkin. Yo‘lni kesib o‘tayotganda
yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘l quruq paytda kamida 50 metr, ho‘l yoki qor bosgan vaqtda kamida
100 metr narida bo‘lganda o‘tish tavsiya qilinadi. Bunday masofa haydovchiga zarurat tug‘ilganda
transportning to‘xtatishi uchun shoshilinch choralar ko‘rish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: