Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
3-Sinf

III.Yakuniy qism:
Aqliy hujum:
 
Isrofgarchilik qanday illat deb o`ylaysiz? 
Javob.
-Isrof –keraksiz narsalarga behudaga pul sarf etish,foydasiz sarf-harajatlar tushiniladi. -Isrofgarchilik 
yomon oqibatlarga olibb keladi.
-Isrofgar odam qanchalik boy bo`lmasin,bora-bora kambag`alga aylanadi. 
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 
MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana: 10-mavzu: 
“Shahar tashqarisida xavfsizluk qoidalari”
 

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
 : 
tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l
 
harakati qoidasiga

rioya
 
etish umr foydasi
 
ekanligini turli misollar orqali tushuntirish. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, 
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual 
va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik 
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: 
mavzuga oid rasm, DVD
 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
 
II.Asosiy qism: 
Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining yuqori darajali xavf-hatar manbai 
ekanligini piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda 
ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan amalga 
oshiradilar. Alohida guruhdagi tartibsiz va tavakkal qilishga moyilligi bor piyodalar atayin keskin 
vaziyatlarni vujudga keltiradilar. Bundan tashqari, aksariyat hollarda haydovchilar piyodalarning tasodifan 
qatnov qismida paydo bo‘lishi alomatlarini to‘g‘ri baholay olmasliklari oqibatida ularni 
urib ketish holatlari vujudga keladi. Shunday ekan, harakatdagi transportga halal bermaslik va o‘zi ham 
falokatga uchramaslik uchun piyodalar harakatlanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Bu juda qiyin 
ish emas. Piyodalar shuni bilib olishlari kerakki, yo‘llarning qatnov qismi transport vositalarining 
harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. Xo‘sh, shunday ekan, piyodalar qayerda harakatlanishlari kerak? 
Piyodalar trotuarlardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘lning 
qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi 
yo‘nalishda yurishlari kerak. Chunki aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda harakatlanish tezligi 
aholi yashaydigan joylardagi yo‘llarga nisbatan ancha yuqori hamda ularga trotuar qurilmagan bo‘ladi. Agar 
piyoda bunday yo‘lda harakatlanish oqimi bo‘ylab harakatlansa, orqadan kelayotgan transport vositalarini 
ko‘rmay qoladi, natijada transport vositasi orqadan kelib piyodani urib ketishi mumkin. Piyoda transport 
vositasi oqimiga qarshi harakatlanganda esa, u qarshi tomonidan 
kelayotgan transport vositasini kuzatib harakatlanadi va har daqiqada o‘zini olib qochish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab 
ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari kerak. 
Piyodalar yo‘lkasida, trotuarlarda, yo‘l yoqasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan qurilma 
va jihozlar o‘rnatish man etiladi. Agar chorraha svetoforlar bilan jihozlangan bo‘lsa, piyodalar 
o‘zlariga tegishli svetoforning chiroqlariga e’tibor bilan qarashlari va yashil chiroq yongandan keyingina 
yo‘lni kesib o‘tishlari kerak. Chorrahaga svetofor o‘rnatilmagan holatlarda esa, piyodalar yaqinlashib 
kelayotgan transportning ancha narida ekanligiga va uning tezligi yo‘lning qatnov qismini bamaylixotir 
kesib o‘tishga imkon berishiga ishonch hosil qilgandan keyingina o‘tish mumkin. Yo‘lni kesib o‘tayotganda 
yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘l quruq paytda kamida 50 metr, ho‘l yoki qor bosgan vaqtda kamida 
100 metr narida bo‘lganda o‘tish tavsiya qilinadi. Bunday masofa haydovchiga zarurat tug‘ilganda 
transportning to‘xtatishi uchun shoshilinch choralar ko‘rish imkonini beradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin