Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
3-Sinf

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, 
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi 
Kun shiori: Yoz-kelmoqda soz 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
Yoz fasli yaqinlashib kelmoqda. Tez kunlarda o`quv yilini tugatib,mazmunli hordiq 
chiqarishga shay bo`lib turgan bolakaylar uchun respublikamiz oromgohlari o`z eshiklarini ochadi.Yozgi 
sog`lomlashtirish oromgohlarida bolalar nafaqat dam olish va sog`likni tiklash,balki turli yo`nalishlarda 
faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklarda yangi bilimlargaega bo`lish,biror hunar ko`niklarini egallash,ko`pdan 
ko`p do`stlar orttirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. 
Mamlakatimizda bolalar ta`tilni mazmunli tashkil etish va ularni sog`lamlashtirish masalasiga jiddiy 
tarzda yondashiladi.
Yozgi oromgohlarda bolalar uchun ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o`tkaziladi,shoir va 
yozuvchilar,rassomlar,sportchilar bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkazib turiladi. Uyda,buvisinikida dam 
oladigan bolalar esa,o`zlari uchun kun tartibi rejasini tuzib olib,shu rejaga amal qilib ta`tilni o`tkazishsa,ta`til 
maroqli o`tadi. 
III.Yakuniy qism. 
O`quvchilar fikri umumlashtiriladi. 
Yozgi ta`tilda ko`p narsalarni kuzatish mumkin.Quyosh chiqishi,uning nurlarini dastlab qayerlarga 
tushishini kuzatish juda zavqli bo`ladi.Qaysi qushlarning birinchi bo`lib sayrashini tinglash,dalaga birinchi 
bo`lib qaysi dehqon chiqishini ko`rish uchun juda erta turishi kerak. 
Kimki erta tursa,sog`lom va baquvvat bo`ladi. 
Inson kuzatganlari asosida tafakkur qiladi.Tafakkur qilish esa yaxshi faoliyat bo`lib,insonning aqlli 
bo`lishiga yordam beradi. 
Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning,kiyinishning o`z 
qoidalari bor.Oftobda bosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish 
mumkin
emas.Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz
bermaydi. 
Aziz bolajonlar, yozgi ta`til davomida kuzatganlaringizni yon daftarchangizga yozib boring. 
Yangi o`quv yilida yaxshi o`qishingiz uchun yordam bo`ladi. 
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 
 
MMIBDO‘
: __________________ 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin