Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
3-Sinf

II.Asosiy qism: 
O`qituvchi: 
Topishmoqning javobini toping: 
Juda sevamiz uni, 
U barchaning ulfati, 
Xilma-xildir mazmuni.
Bo`lar ba`zan surati, 
O`qituvchi emas-ku, 
Qani,o`rtoq,buni top! 
Bilim bera olar u. 
Eslagan der: bu……(kitob) 
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan. 
-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o`rgatadi? 
-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.Zamonaviy ta`lim 
berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot 
texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qat`iy nazar,o`quvchini kitobdek ulug` ne`mat bilan
do`stlashtirish hech qachon kech emas.Zero,kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini o`g`irlab qo`yishi 
mumkin.”Kitob - oftob”deb bejijga aytilmaydi. 
Endi kitob haqida qissa tinglang.Sulton G`aznaviy buyuk shoir Firdavsiyga “Shohnoma” degan asar yozishni 
buyurgan va uning har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va`da qilgan.Xanifa Al-Ma`mun bir kitobni 
yunonchadan arabchaga tarjima qilgan olimga shu kitob og`irligidagi oltin bilan haq to`lagan. 
2-qissa.Qadimgi yunon faylasufi Arastu vafot etgach,shogirdlari uning ilmiy asarlarini uyi yaqinidagi g`orga 
yashirishgan.Ular 200 yildan keyin tasodifan topilgan va Arastuga shon-shuhrat keltirgan.Faylasuf Skovoroda o`z 
qo`lyozmalarini doimo yo`lxaltasiga olib yurgan,hayotalik chog`ida uning bitta ham kitobi chop etilmagan. 
Qissalardan hissalar.Aziz bolajonlar,angladingizmi,kitob naqadar sehrli va naqadar bebaho. Amir Temur 
bobomiz o`zlarining “Temur tuzuklari” nomli asarida kitob yozuvchi dono olimlar,muhaddis va tarixchilarni e`tiborli 
odamlar hisoblab,ularning izzat-u hurmatlarini joyiga qo`yganliklarini e`tirof etganlar. 
Bilib qo`yinglar,hammamiz uchun kitobdan yaqinroq,azizroq va yoqimliroq suhbatdosh hamda ma`naviy 
suyanchiq yo`dir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin