Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini
tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Kun shiori:Kuchi bor birni,ilmi bor mingni yengar Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. O`quvchilar diqqatini
mavzuga jalb qilish.
II.Asosiy qism: “Bilim-xazina” mavzusi slaydlar orqali namoyish etiladi.
Rivoyat o’zbek xalq og’zaki
ijodining eng qadimgi janrlaridandir.
Rivoyatlar hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks
ettiruvchi xalq og’zaki ijod turidir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar va ayrim tarixiy shaxslar bilan bog’liq
hodisalar hikoya qilinadi. Rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini
bajaradi. Rivoyatlar mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: Toponimik rivoyatlar va tarixiy rivoyatlar.
Toponimik rivoyatlarda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog’liq hikoyalar ifodalanadi.
Masalan:Samarqand nomining kelib chiqishi bilan bog’liq rivoyatlar. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati
yoki xalq qhramonlari bilan bog’liq bo’lgan voqealarni aks ettirib, ahloq va odobning go’zal ko’rinishlarini
ulug’laydi. Masalan:To’maris, Shiroq, Ibn sino haqidagi rivoyatlar
. O’quvchilar bilan birgalikda quyidagi
rivoyat o’qiladi va savol-topshiriqlarga javob beriladi: “
Bir podsho uch o’g’liga nomingizni qoldiradigan ish qiling deb mablag’ beribdi. Katta o’g’il chiroyli maqbara qurdiribdi. O’rtanchasi bog’ yaratibdi. Kenjasi do’st orttiribdi. Buni eshitgan ota: “Vaqti kelib maqbara nurab bitadi, bog’ quriydi ammo chin do’st umrinig oxirigacha do’stiga yaxshilik qiladi, kichik o’g’lim juda to’g’ri ish tutibdi,”- deb butun boyligini unga topshiribdi.” Xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari olimlar, davlat arboblarining ibratomuz
gaplari xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalovchi asarlar