Qadr topgan umri e`zozda,
Xotirasiz qadr bor dema.
1999-yil 3-martdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 9-may “Xotira va Qadrlash
kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan O`zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida va barcha viloyatlarda Vatan
ozodligi uchun kurashgan va shu yo`lda qurbon bo`lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish hamda ularning
jasoratlarini eslash maqsadida “Xotira maydoni”bunyoq etildi.
Xotira va Qadrlash kuni haqida so`z borar ekan,avvalo,xotira nima ekanligini tushunib olishimiz
kerak.Bunda Yurtboshimiz so`zlari diqqatga sazovor:”Xotira bu-foniy dunyoda o`tgan ajdodlarimizni
eslash,ularning chirog`ini yoqib,ezgu ishlarini davom ettirish”dir.
-Ha,xotira bugungi tinch va baxtiyor kunlarimiz uchun jonini fido qilgan bobolarimiz nomini yodga
olish,qadr esa yonimizdagi mo`ysafid otaxon-u onaxonlarimizni e`zozlab,qadriga yetish,desak mubolag`a
bo`lmaydi.
O`tmishga nazar solaylik,mustaqillikka erishgunga qadar,ajdodlarimiz ko`p qiyinchiliklarni boshdan
kechirganliklariga guvoh bo`lamiz.Ularning ruhi,shijoati qalbimizni also tark etmaydi.
Xonadonimiz farishtalari bo`lmish bobo-buvilarimiz ham urush yillari boshlaridan juda og`ir kunlar
o`tganini va bugungi tinchlikni qadrlash zarurligini tez-tez takrorlab turishadi.Vatan istiqboli uchun
kurashadigan,fidoyi va jasur farzand bo`lib voyaga yetishishimizni so`rab,duo qilishadi.
Keksalarimiz niyati,ota-onamiz tilagi,el-yurt istagi-TINCHLIK! “Tinch elning bog`I gullar”,deydi
xalqimiz.Har bir inson Vatanining,eng avvalo tinch bo`lishini xohlaydi.Shukrki,kunlarimiz tinch,osmonimiz
musaffo.Har bit tongni shukronalik bilan qarshi olamiz.Vatanimiz gullab yashnamoqda.Bizni butun dunyo
tan olmoqda.Bularning hammasi xalqimiz mehnati,davlatimiz yuritayotgan oqilona siyosati mevasidir.
Dostları ilə paylaş: