boradilar.Yasatilgan archa
atrofida Qorbobo va Qorqiz,ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalarda
qatnashadilar.
III.Yakuniy qism
“O`rgimchak to`ri” texnologiyasi orqali o`quvchilar bilimini takshirish.
Sinf o`quvchilari ikki guruhga ajratiladi. O`g`il bolalar-”Qorbobo” guruhi
Qiz bolalar- “Qorqiz” guruhiga
-Qish fasliga qaysi oylar kiradi?
-Qish fasliga dekabr,yanvar,fevral oylari kiradi.
-Bu mavsumda o`lkamizda qanday bayramlar keng nishonlanadi?
-“Konstitutsiya kuni”,”Yangi yil”,”Vatan himoyachilari kuni”bayramlari keng nishonlanadi.
-Bolalar qishki ta`tilga chiqadilar.
-Qish faslida tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
-Kunlar sovuq,izg`irin bo`ladi,qahraton ayoz,qor yog`adi,suvlar muzlaydi,yer sirpanchiq bo`ladi,quyosh
isitmaydi,havo ba`zan ochiq bo`ladi va boshqalar.
O`quvchilarning qish,qishki ob-havo,bolalarning qishki o`yinlar
borasidagi savollarga
“Tarmoqlash”
texnologiyasi asosida javob beradilar.A-4 format qog`ozlari tarqatiladi.
2.Nima uchun “Yangi yil”bayramini ayniqsa bolalar katta quvonch bilan kutib olishadi? -Endi siz bilan “Archa
bezash ” o`yinini o`ynaymiz.
Fikrlaringizni mehnat darsida yasagan archa o`yinchoqlaringizga yozib,mana bu archa daraxti shoxlarini
yasatasiz. O`quvchilar nima uchun bu bayramni yoqtirishlarini qog`ozli archa o`yinchoqlariga
yozishadi va
archa daraxti shoxlariga izohlab osishadi.
1-archani“Qorqiz” guruhi: (yozib yasatishadi) Qorbobo va Qorg`iz kelishadi,sovg`alar ulashishadi,qiziqarli
bayram tadbirlari bo`lib o`tadi,archa yasatiladi va boshqalar.
2-archani“Qorbobo”guruhi qopchadagi o`yinchoqlardan birini olib topishmoqlarni o`qishadi,javobini
topishgach,archa shoxiga ilishadi.Topolmaganlar joylariga borib o`tirishadi. Topishmoqlar.
-O`tda
yonmaydi, Suvda cho`kmaydi.-Barmog`i bor,tirnog`i yo`q. -Sudrasang yuradi,sudramasang turadi.-
Ayoz bobo novvot soldi,
Olgan edim,qo`lim qotdi.
-Oppoq sochli boshlari, Daryo bo`lar yoshlari.
Mana archamiz ham tayyor bo`ldi.Endi archa atrofida quvnab-o`naymiz.
O`quvchilar musiqa darslarida o`rgangan qo`shiqlarini kuylashadi,yangi yilga atalgan she`rlarini aytishadi,raqsga
tushishadi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: