Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
3-Sinf

 
MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana:
17-mavzu: “Vatanimiz himoyachilari”

(14-yanvar –Vatan
himoyachilari kuni munosabati bilan)
 
I.Kirish: 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini 
kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlariniqaror toptirishAjdodlaridan 
faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib 
tarbiyalash. O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya 
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Kun shiori: Vatanni sevish iymondandir 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism. 
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. 
II.Asosiy qism: 
O`qituvchi:Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani bo`ladi.Shu 
muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo`riqlash har bir 
farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,non-tuzini totgan har bir kishi Vatanni astoydil 
sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb bilmog`i 
lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan 
har bir yigitertaga Vatan shunqoriga aylanishi-shubhasiz. 
Zero,Yurtboshimiz 
Islom 
Karimov 
aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka 
yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi 
bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”. 
-Bugun 
Vatan 
himoyachilari 
kuni.14-yanvar-Vatan 
himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning
barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv 
yurtlarida bayram qilinadi. 
-O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi 
hisoblanadi.U 
quruqlikdagi 
qo`shinlar,harbiy 
havo 
kuchlari,havo 
hujumidan 
mudofaa 
qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan 
qo`shinlardan iboratdir 
Yigitlik burchini ado etishga chog`langan har bir askar ona-
Vatanga,xalqiga va Prezidentiga o`g`lonlik va`dasi sifatida 
sodiqlik to`g`risida Harbiy qasamyod qabul qiladi.Askarning 
qalbidan otilib chiqayotgan bu so`zlar uning kindik qoni 
to`kilgan muqaddas tuproq,avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk 
zamin,uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini avaylab-
asrash,o`z xalqining tinchligi,sho`x-shodon bolakaylarning 
beg`ubor damlari,nurli kelajagi uchun ma`suliyatni o`z 
zimmalariga oladilar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin