Yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi,
yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.
Transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan
qurilma.
Trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan
va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
To‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki
tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish.
Yo‘lovchilarning majburiyatlari 23. Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi
tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga
chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati
qatnashchilariga xalaqit bermasa yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
24. Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit
berish;
harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida
o‘tirish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.
III.Yakuniy qism Bola tarbiyasi g'oyat nozik, bu narsa vaqtni qo'ldan boy bermay, doimo, muntazam
shug'ullanishni talab etadi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
MMIBDO‘ : __________________