Sana: 19-mavzu: “Ko`hna obidalar-tarix guvohi” I.Kirish: Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga “Vatanimiz tarixiy obidalarga boyligi,bu
obidalarimiztariximizning ulug`vorligi va ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat ekanligi haqida
ma`lumot bеrish.O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ko`hna tariximizga hurmat va qiziqish
uyg`otish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni,
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy,
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish,
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Kun shiori: Tarixsiz kelajak yo’q Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Darslik, mavzuga oid turli xil rangli rasmlar. o`quv matеrillari,
tushuntiruvchi chizmalar va ona diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar.
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
O`qituvchi “Vatanni sevish nima” mavzusi yuzasidan savol –topshiriqlarga javob olib , mavzuni
mustahkamlaydi.
II.Asosiy qism: O`zbekiston siyosiy xaritasi yordamida tarixiy shaharlarni ko`rsatish, u yerdagi obidalarni
rasmlar yordamida ko`rsatish va asoslash.Yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan juda ko`p tarixiy obida-
yodgorliklar bor.Ular O`zbekiston tarixining turli davrlarida yashb o`tgan ulug` kishilar,podsholar va vatan
qahramonlari,ilm egalariga atab bunyod etilgan. Bu osori-atiqalar ming-ming yillik tariximizdan
so`zlab,guvoh bo`lib turibdi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida:”Har bir fuqaro
O`zbekiston xalqining ma`naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi lozim”ligi qayd etilgan.Bunday
yodgorliklarni qasddan nobud qilish jinoyat hisoblanadi. Tarixiy,madaniy
yodgorliklar
davlatimiz
tomonidan himoyalanadi.Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy yodgorliklarni
muhofaza qilish jamiyati tuzilgan.Respublikamizdagi ayrim tarixiy va madaniy yodgoliklar UNESCO
Xalqaro tashkiloti tomonidan ham nazorat qilinadi.