Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
3-Sinf

III.Yakuniy qism. 
Ichan qal`a majmuasi:O`rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo`lgan. Bu yerda yirik fan markazlari 
faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino yashagan va ijod qilgan. 
Shoh Ma`mun ibn Muhammad huzurida o`rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma`mun 
Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. 
Ko`kaldosh madrasasi” O`zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik 
instituti yetakchi ilmiy xodimi Omonulla Bo`riyevning aytishicha, ushbu tarixiy obida 1551-1575 yillarda 
bunyod etilgan.
Shaharning eng yirik tarixiy dahalari – Ko`kcha, Beshyog`och, O`rda va Samarqand darvozadan keluvchi 
yo`llar aynan shu yerda – Ko`kaldosh madrasasi hududida kesishadi. Ko`kaldosh madrasasi Chorsu 
maydonining Shahriston tepaligida, Xo`ja Ahror Valiy jome` masjidi yonida an`anaviy sharqona uslubda 
barpo etilgan. O`sha davrda bu binodan butun shahar kartadagidek ko`rinib turgan. 
Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o`ralgan. Janubga qaragan darvozasining chap qismida 
masjid, o`ng tomonida qiroatxona joylashgan. 
Istiqlolga erishganimizdan keyin, davlatimiz rahbari 
Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizning boshqa hududlarida bo`lganidek, Toshkent shahrida ham 
qadimiy obidalarga alohida e`tibor berildi. Shuningdek, muqaddas qadamjolarni hamda me`moriy obidalarni 
qayta tiklash, arxeologiya yodgorliklarini bosqichma-bosqich chuqur o`rganishga e`tibor kuchaydi. 
Ko`kaldosh madrasasida ham rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yangi minora 
barpo etilib, madrasa binosi sharqona uslubda ziynatlandi.Yangi darvozalar o`rnatildi.Bunday xayrli ishlarda 
Toshkent, Samarqand, Farg`ona ustalari o`z mahoratini namoyish qildilar. 
Savol va topshiriqlar
1.Qadimda Ko`kaldosh madrasasi qanday bo`lgan?
 
2.Hozirda madrasa qanday?
 
3.Siz Xivada bo`lganmisiz? 
4.Ichan qal`a nimani anglatadi? 
5.Vatanni sevish, uni ardoqlash, ko`hna va qadimiy shaharni asrash uchun nimalar qilish kerak? 
6.Vatan ravnaqini belgilab beradigan narsa nima ekan? 
O`qituvchi tarixiy obidalar vatanimimizning,uning xalqining g`ururi, o`tmishi, tarixi ekanligini,ko`hna va 
qadimiy obidalarini asrash, ularni kelajak avlodlarga yetkazib berish har bir fuqoroning asosiy burchidir 
deb,darsga yakun yasaydi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin