Sana:
26-mavzu: “Kim bo`lsam ekan?”
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda kasb-hunar o`rganishga bo`lgan qiziqishini o`stirib
borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga
mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kun shiori: Men sevgan kasb
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning
darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Dunyoda kasb-hunar ko`p.Bu ikki so`z mazmun va mohiyat jihatidan bir-birlarini to`ldirib turadi.
Kasb-ish-faoliyatining ma`lum tajriba,tayyorgarlik talab etadigan biror turi,sohasi.
Hunar – kishining muayyan
tayyorgarlik talab qiladigan,tirikchilikning asosiy manbai hisoblangan
mashg`uloti.
Demak,inson kasb-hunarni o`z
qiziqishi,o`z qiziqishi,orzu-istagi,maqsadi,jismoniy
va aqliy
imkoniyatlaridan kelib chiqib,tanlashi lozimdir.
O`zbek xalqi qadim-qadimdan kasb-hunarni e`zozlabkelgan,o`g`il-qizlarini ustalar qo`liga
shogirdlikka
eltib
berib,kasb-hunar
o`rgatgan.Natijada
farzandlari
zargarlik,kashtachilik,pichoqchilik,taqachilik,charxchilik,etikdo`zlik,duradgorlik kabi hunarlarni o`rganib
komil inson bo`lib yetishgan.
Nasihat
Rivoyat qilishlaricha bir donishmand farzandlariga shunday nasihat qilar edi:
Aziz o`g`lonlarim,kasb-hunar o`rganinglar,zero,molu dunyoga ishonch yo`q
va oltin-kumush safarda
xatarlidir.Qaroqchi o`g`irlab ketadi yoki egasi yeb-ichib tamomlaydi.Ammo tanlagan kasbingiz,hunaringiz
qaynar
bitmas-tuganmas
davlatdir.Agar
hunarmand
molidan
mahrum
bo`lsa,hunarining
o`zi
davlatdir.Shuning uchun o`zingiz yoqtirgan kasb-hunarni o`rganishingiz lozim.U
sizni baxt-saodatga
boshlaydi.
Kasb-hunarni o`rganish uchun aql,orzu,mehnat,iroda,sabr-toqat,zehn hamjihat bo`lsa,inson o`z kasbi
va hunarining ustasi bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: