Sana:
23-mavzu:
Did bilan kiyinish odobi
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish
odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda
yurish qoidalarni o`rgatish.: O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib boorish.
Kommunikativ kompetensiya:
jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi;
Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:
odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; - Kiyinish
madaniyatiga rioya qiladi. - jamoada ishtirok etish odobi va qoidalarini biladi.
Mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
Asosiy qism:
Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch
tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.
Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn
qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan
dalolat beradi.
O`g`il-qizlarning
milliy
xususiyatlarni
e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar
kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi
hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan
kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv
qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini
nazorat qilishi ham orastalikdir.
Rivoyat. Sukutning xosiyati
Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur
hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish
Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati
Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek
sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni
temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.
Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli
kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin
so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni
tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi:
-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga
kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.
Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-
da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida.
Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim.
Dostları ilə paylaş: