Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
3-Sinf

 
MMIBDO`:
 
 
 
 
______________ 
 
 
 
 
 
 


 
Sana:
22-mavzu:Jamoat joylarida o`zini tuta bilish.
 
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish 
odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish. 
O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish. 
O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya 
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Kun shiori:Odobli bola-elga manzur 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. 
II.Asosiy qism: 
 
Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch 
tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir. 
Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn 
qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam 
ekanligidan dalolat beradi. 
O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar kiyib 
yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i 
lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir. 
Rivoyat. Sukutning xosiyati 
Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish Luqmoni 
Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek sovut,zihrli kiyimlar 
tayyorlash bilan band,ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan. 
Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli 
kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval 
o`yla,keyin so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati 
Dovud kiyimni tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi: 
-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol 
jangga kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin. 
Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-
da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida. 
Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin