Sana:
16-mavzu:“Yangi yil archasi”
.
(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)
I.Kirish :
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi:
O`zbekistonda nishonlanadigan Yangi yil bayrami katta-kichik uchun zo`r
shodiyona keltirishini his qilish va an`analarimizni saqlashga undash.O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni,
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual
va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik
ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Kun shiori:Yangi yilga-yangi umidlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz
maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
O`qituvchi:
Archa – archa,jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingga yig`ilib
Qo`shiq aytadi barcha.
Salom senga,ko`k archa,
Qishin-yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan,go`zalsan.
-Xush bolajonlar,ayting-chi qaysi bayramda biz yasangan,chiroyli archani ko`rishimiz mumkin?
-Yangi yil bayramida.
-Barakalla!Qaysi faslda “Yangi yil” bayrami nishonlanadi?
-Qish faslida.
-Yangi yilda kimlar mehmon bo`lib kelishadi?
-Qorbobo va Qorqiz?
-Siz bu bayramni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?
-Ha,juda ham yaxshi ko`ramiz.(… … … .)
-Tasanno!
Dostları ilə paylaş: