Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
3-Sinf

MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana:
14-mavzu: Davlatimiz madhiyasi. 
(10-dekabr –O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati 
bilan)
 
I.Kirish: 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini kuylash orqali 
o`quvchilarni Respublikamiz ramzlariga sadoqat,Vatanimizni sevish mustaqillikni qadrlash ruhida 
tarbiyalash. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, 
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, 
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, 
intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, 
kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi 
Kun shiori: El aro yangrayver madhiyam 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
DVD,disk,plakatlar
 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. 
O`quvchilarni guruhlarga ajratish 
II.Asosiy qismi: 
Istiqlol…Naqadar totli,farahbaxsh ne`mat!Uning qadru qimmati bugungi shonli kunimizda namoyon.Bu 
ne`matga erishmoqning o`zi bir baxt bo`lsa,u bag`rida yaratgan go`zal nishonalarini tuymoq gashti ham
o`zgacha sururli.Buning yorqin dalilini esa ozodlik timsollarimiz bo`lmish Konstitutsiya,Bayroq,Gerb va 
Madhiyamizda to`liq his etamiz. 
Asosiy qomusimizda:”O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z davlat ramzlari-
bayrog`i,gerbi va madhiyasiga ega” deyilgan. 
Ko`ngillarning taronasi –sen madhiyam, 
Istiqlolning hamxonasi- sen madhiyam. 
Kim qay tilda kuylamasin taronangni, 
Olam ichra yagonasi -sen madhiyam! 
Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.
1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog`liq 
belgilarni ko`rsating. (1-rasm.) 
O`quvchilarning taxminiy javoblari: paxta, bug`doy, tabiat, quyosh, tiniq 
suv, bayroq, gerb. 
2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani 
anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat 
bayrog`ining rasmi) 
O`quvchilarning taxminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil....
3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor? 
Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rif bering. (3-rasm) 
4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat 
madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.) 

O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan? 
-O`zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
madhiyasi 1992 
yil 
10 
dekabrda 
qabul 
qilingan. 
 O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. 
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan. 
Topshiriq: 
Madhiya matnini ketma-ket to`g`ri joylashtiring 
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 


 
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot, 
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon! 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston, 
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor! 
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod! 
Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot! 
Istiqlol mash`ali, tinchlik posboni, 
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon, 
Oltin bu vodiylar – jon O`zbe
kiston, 
 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Olamni mahliyo aylagan diyor! 
Lug`at ustida ishlash. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin