10. Taraflarning javobgarligi. 10.1. “Taraflar” qonunchilik hujjatlari va mazkur ommaviy oferta shartlariga rioya qilish
majburiyatini oladi.
10.2. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlarda “Taraflar”ning mulkiy javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
10.3. “Operator” o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda elektron platformadan foydalanishda yuzaga
kelgan salbiy oqibatlar, xususan “Ishtirokchi”ning kompyuter texnikalari ishdan chiqqanligi yoki undagi
kamchiliklar, “Ishtirokchi” tomonidan internet tarmog‘iga nobarqaror ulanish va undagi uzilishlar,
“Ishtirokchi” internet provayderining internet tarmog‘iga ulanishdagi cheklanishlari, zarar keltiruvchi
kompyuter virusi dasturlari, “Ishtirokchi”ning kompyuter texnikalari ishlashidagi ayrim nosozliklar va
boshqa sabablar bo‘yicha ishtirokchi va uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
11. Fors-major holatlar. 11.1. Agar ushbu “Ommaviy oferta” shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarning to‘liq yoki
qisman bajarilmasligi suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, embargo (chet el mollarini
mamlakatga keltirish yoki mamlakatdan chiqarishni davlat tomonidan taqiqlab qo‘yish), urush yoki harbiy
xatti-harakatlar,telekommunikatsiya
(axborot)
xizmatlari
ko‘rsatish
sohasidagi
Qonunchilikdagi
o‘zgarishlar, ushbu “Ommaviy oferta” imzolangandan keyin uning shartlarini bajarish imkoniyati mavjud
bo‘lmagan hollarda Tomonlarning hech biri javobgar bo‘lmaydi.
Agar ushbu holatlardan biri ushbu “Ommaviy ofertada” belgilangan majburiyatlarning bajarilish
muddatiga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, u holda bu muddat tegishli holatlarning amal qilish muddatini
mutanosib ravishda orqaga suradi.
11.2. Majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan vaziyat yuzaga kelgan “Taraflar” yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan holatlar paydo bo‘lishi, taxminan amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida ular
yuzaga kelgan va to‘xtatilgan vaqtdan boshlab darhol, biroq 5 (besh) kalendar kunidan kechiktirmasdan
boshqa “Tarafni” yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
11.3. Xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabardor qilmaslik “Tarafni” yuqorida ko‘rsatilgan har
qanday holatlardan birida majburiyatlarni bajarishdan ozod qilish uchun asos sifatida ko‘rib chiqish
huquqidan mahrum qiladi.