taklif etilgan bo‘lsa, ushbu takliflar auksion boshlanganda oshkor qilinadi va auksionda navbatdagi narx
sifatida uning qadamiga bog‘lanmagan holda taklif etilgan eng yuqori narx qabul qilinadi. Bunda operator
tomonidan ishtirokchilarga navbatdagi bir qadam oshirilgan auksion qadami bo‘yicha narx taklif etiladi.
7.7.
Auksion qadami:
auksion obyekti boshlang‘ich qiymatining o‘n foizini;
obyektning boshlang‘ich qiymati auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani joylashtirish paytidagi
BHMning ikki ming baravaridan ortiq bo‘lganda, auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich
qiymatidan besh foizni tashkil etadi (ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan
mustasno).
Agar takroriy o‘tkaziladigan auksionlarda obyektning boshlang‘ich
narxi BHMning ikki ming
baravaridan pasaygan holda, auksion qadami mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
7.8.
Auksion kuni soat 10:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan
vaqtdan boshlab o‘n daqiqadan vaqt beriladi va auksion eng yuqori narx tasdiqlangunga qadar davom
etadi.
Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa vaqt davomida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa,
auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
7.9.
Tegishli lot bo‘yicha
auksion yakunlangach, savdo platformasida avtomatik ravishda auksion
yakunlangan vaqt va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Auksion natijalari to‘g‘risidagi axborotda quyidagilar aks ettiriladi:
lot haqida ma’lumotlar, shu jumladan, uning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldingi tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga
olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha narxlar va ularning
tasdiqlanish vaqti);
auksion g‘olibining
familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi.
7.10.
Auksion g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki
lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionning
salohiyatli g‘olibiga u tasdiqlagan narxda lotni sotib olishni taklif qiladi.
Auksionning salohiyatli g‘olibi lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb
hisoblanadi va unga belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksionning salohiyatli g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan)
bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va
salohiyatli g‘olib tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.
7.11.
Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari
bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida
to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida
buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Agar auksion g‘olibi besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara)
shartnomasini
imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibiga operator xizmat haqiga
yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof
etiladi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Salohiyatli g‘olib belgilangan to‘lovni muddatida to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara)
shartnomasini
imzolashni rad etgan taqdirda, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi (bayonnoma rasmiylashtirilgan
hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi).
Besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini
imzolashni rad etgan auksion g‘olibi (salohiyatli g‘olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi.
Qaytarilmagan zakalat miqdori operator tasarrufida qoladi.
7.12.
Auksionni o‘tkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) qadar
savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion obyekti bo‘yicha
boshlang‘ich narxni bir auksion qadamiga oshirish yoki qadamga bog‘lanmagan narx taklif etish yo‘li
bilan sotib olish (ijaraga olish) istagini tasdiqlamagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi
(auksion qadamiga bog‘lanmagan narx berilgan holatlar bundan mustasno).
7.13.
Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Tanlovga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat
tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
7.14.
Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga
oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan
ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari teng bo‘lgan taqdirda,
arizani
oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
7.15.
Tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov
o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
7.16.
Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza
berilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng tanlov obyekti belgilangan tartibda takroriy
tanlovga qo‘yiladi.
Tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ besh
ish kuni ichida to‘langandan so‘ng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha shartnoma
imzolashdan
bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga (agar ballar teng bo‘lsa – arizani oldinroq
berganga) operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni besh ish kuni davomida
to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb topilib, belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda operator xizmat haqini to‘lamagan yoki buyurtmachi bilan shartnoma
imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi
hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
7.17. Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan
savdolarni tashkil etish
uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi
mumkin.