130
da’vat etadi, lekin xozirda ushbu turdagi rejalashtirishni amalga oshirish uchun
bizning imperik bilimlarimiz, tajribamiz yo’q. Hozirgi
paytda katta xajmdagi
injeneriya uchun kerak bo’ladigan sotsiologik bilimlarimiz mavjud emas. Ammo
tajriba etishmasligi natijasida ko’plab xatoliklar qilinishi mumkin va bu holatni
uzoq va mashaqatli jarayon bilan boshqacha aytganda, sekin-astalik injeneriya
yo’li bilan yo’q qilishimiz mumkin. Bosqichma-bosqich injeneriyasi Popperning
inson faoliyatining alohida tarmog’iga, alohida tashkilotlarga, institutlarga tegishli
bo’lgan oddiy ijtimoiy proektlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Mabodo ushbu
proektlaridan biri «sinsa» undan ko’riladiga zarar
katta ijtimoiy muammolarni
keltirib chiqarmaydi.
Rossiyada ijtimoiy injeneriyaga yondashuv ohirgi yuz yillikning 20 yillarida
kirib kela boshladi va Rostov, Bershteyn, Kerjentseva nomlari bilan bog’liq va 60-
yillar o’rtalaridan ijtimoiy injeneriya faoliyati, usullarini rivojlantirish borasida
quyidagi yo’nalishlarda ishlar olib borildi:
ijtimoiy rejalashtirishning nazariyasi va ahamiyati;
regionlar, jamiyat hayoti, tarmoqlar bo’yicha
kompleks dasturlar ishlab
chiqilishi (70-yillar);
ijtimoiy proektlashtirish (EVM - 70-80 yillar);
boshqaruv va boshqa turdagi maslaxatlar (80-yillar);
innovatsiyalarga asoslangan o’yin texnik faoliyatlar, qiyin ijtimoiy
muammolarni echish uchun aqliy faoliyat jarayonlarini tashkillashtirish (80-yillar).
Demak, yuqoridan kelib chiqqan xolda, sotsiologiyaning ijeneriylashtirish
funktsiyasi- asosiy funktsiya. Uni amalga kiritilishi faoliyat sub’ektlariga
ilmiy
asoslangan boshqaruv qarorlarini berish va tashkil qilishda namoyon etadi. Ijtimoiy
injeneriyaga yondashuv chuqur taxlil asosida ijtimoiy reallikni tashkil etish, jahon
tajribasi darajasida ijtimoiy proekt-larini ko’rish imkonini beradi.
Ijtimoiy injeneriya faoliyati ketma-ket mantiqiy bog’langan jarayonlardan
iborat bo’ladi:
real mavjud bo’lgan obyektiv diagnostika;
ijtimoiy bashoratlash;
ijtimoiy konstruktsiyalarni modellashtirish va eksperi-mentlar o’tkazish
yangi holatdagi ijtimoiy proektlarni ishlab chiqish;
proektga monand ijtimoiy rejalashtirish;
innovatsiyalashga ijtimoiy texnologiyalar yordamida proektni amalga
oshirish;
boshqaruv sotsiologiyasi.
Ijtimoiy diagnostika vositalari ijtimoiy obyektlarning
holatini baholashga
yo’naltiriladi. Sotsiologik diagnostikani odatiy sotsilogik tadqiqotdan asosiy farqi
shuki, tadqiqot obyekt haqida yangilik yaratish, diagnostika esa obyekt holatini
tavsiflash va uning hatti-harakatini bashoratlash. Ob’ektni tavsiflash umumiy
xolatda olib boriladi. Shunday diagnostikani asosiy maqsadi, o’rganilayotgan
obyektni samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bu
boshqaruv muhitini ijtimoiy
diagnostikasini qo’llash orqali tushuniladi.
Ijtimoiy injeneriyaning asosiy metodlaridan bo’lib, ijtimoiy proektlashtirish
131
metodi hamda bashoratlash metodi hisoblanadi.
Ijtimoiy bashoratlash quyidagi vzifalarni amalga oshiradi:
Orientirlik vazifasi, ijtimoiy obyektning real rivojlantirish tendentsiyasini
aniqlaydi.
Normativ funktsiya proektning ehtiyojini aniqlash va uni qo’llash
imkoniyatini baholash.
Ogohlantiruvchi vazifa, o’rganilayotgan tizimning kamchiliklarini tavsiflab
berish.
Ijtimoiy prognozlashtirishni vaqt bo’yicha tavsiflarga bo’lish mumkin:
1 yilgacha - operativ bashoratlash;
1 yildan 5 yilgacha - qisqa
muddatli bashoratlash;
5 yildan 15 yilgacha - o’rta muddatli bashoratlash;
30 yildan yuqori - uzoq muddatli bashoratlash
Dostları ilə paylaş: