«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
16.4.Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi 
 
Krizis vaziyat yuzaga chiqqanda mikrodarajadagi boshqaruvda tashkilot 
uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisoblanadi: 

istiqbolli rejalashtirishni tashkillashtirish; 

doimiy ravishda ichki va tashqi muhitni nazorat qilib borish, krizisdan olib
chiqaradigan qat’iy choralarni ishlab chiqish; 

rezervlarni tashkil etish - moliyaviy, moddiy; 

ishlab chiqarishga sarf xarajatlarni kamaytirish;

diversifikatsiya;
Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi bo’lib, innovatsiyalashgan siyosatni 
olib borish hisoblanadi. 
Zamonaviy menejerlar fikricha (iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi) 
faqatgina 
aktiv 
innovatsion 
siyosat 
tovarlarga, 
mahsulotlarga 
yangi 
texnologiyalarni investitsiyalar orqali jalb qilish krizis xolatdan chiqish 
muammosini ijobiy xal qilishga imkon beradi. 
Shuni aytish lozimki korxonaning har tomonlama rivojlanishi va yaxshi 
faoliyat ko’rsatishida menejerlarning qobiliyatlari katta rol o’ynaydi. Misol uchun, 
iqtisodiyotning umumiy axvoli, bozor konyukturasi, bozor jarayonlardagi o’zaro 
aloqa masalalari va boshqalar. 
Informatsion faoliyat taxlili shuni ko’rsatadiki bozor iqtisodiyoti sharoitida 
xo’jalik yuritishning maxsusligidan kelib chiqqan xolda, ijtimoiy-iqtisodiy 
informatsiya, asosan bozor tomonidan tug’iladi. Bozor ishtirokchilari o’rtasida 
axborot almashuvi yuz beradi: ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida, banklar 
o’rtasida, informatsion markazlar o’rtasida. Bozor axborot vositalari orqali ishlab 
chiqarishni tartibga soladi va korxona rahbarlarining keyingi faoliyatlarini aniqlab 
beradi. Informatsiya yuqori talabga ega bo’lgan tovarga aylanishi yuz beradi, 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy o’sish 
faktorlaridan biriga va kamdan kam resursga aylanadi. 
Mutaxassislar bu faktni bizning tsivilizatsiyamizga yangi rivojlanish bazasi 
sifatida kirib kelishi bilan bog’laydilar. Bunday informatsiya faqat vosita emas 
balki kuchli mustaqil faktorga aylanadi. Shunga bog’liq ravishda tashkilotga 
informatsion faoliyatga ahamiyat kuchaytirildi, avtomatlash-tirilgan informatsion 
sistemalar va informatsion bazalar yaratish kuchaytirildi. 
Shuni aytish kerakki, korxona rivojlanishini informatsion ta’minoti ishlab 
chiqish jarayonida ichki va tashqi informatsiyaning taxlilsiz, sistemalashtirishsiz 
amalga oshirib bo’maydi: 


141 
1. tashqi informatsiya: 
a) korxona faoliyati doirasidagi ilmiy-texnikaviy yutuq-lari xaqida 
ma’lumotlar; 
b) siyosatdagi o’zgarishlar, qonunlar, va boshqa o’zgarishlar to’g’risidagi 
ma’lumotlar;
v) bozor konyukturasi holati xaqida informatsiya.
2. ichki informatsiya 

korxona joriy faoliyati holati bo’yicha iqtisodiy- statistik ko’rsatkichlar; 

korxona ishlab chiqarish potentsiali ko’rsatkichlari; 

yangi maxsulot yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari holat ma’lumotlari. 

korxona rivojlanishidagi bashoratchilar ma’lumotlari - iste’molchilar 
kutilishi, bozor konyukturasi va boshqalar. 

litsenziya, faoliyat, intellektual va hamda sanoat mulk ximoyasi holati 
to’g’risidagi ma’lumotlar; 

mehnat resurslari va kadrlar ta’minoti to’g’risida ma’lumotlar; 

korxona ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha iqtisodiy-statistik 
ma’lumotlar; 
Maxsus yo’naltirilgan tadqiqotlardan olingan natijalarga ko’ra xo’jalik 
sub’ektlariga korxonaning ijobiy rivojlanishini ta’minlab beruvchi maxsus 
bo’linma tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bo’linma mustaqil bo’lim sifatida yoki 
marketing reklama xizmatlari bo’yicha bo’limning bir qismi sifatida tashkil etilishi 
mumkin. 
Korxonaning umumiy taxlili, masalasi va funktsiyasini taxlil qilishda 
ularning faoliyatini asosiy yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin