«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


«Chiqish» sifatini boshqarish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

«Chiqish» sifatini boshqarish,
buyumlarni iste’molchilar talablariga 
butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta’minlovchi 
maqsadga qaratilgan faoliyat tushiniladi. 


144 
Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati: 

rejalashtirish va istiqbolni belgilashda; 

yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda; 

normativ (me’yoriy) xujjatlarni ishlab chiqishda; 

mahsulot sifatini nazorat qilishda; 

mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda; 

sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va xokazo xollarda 
vujudga keladi. 
Sifatli tovar deganda,
uning mustahkamligi, chidamliligi, iste’mol 
xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtiril-ganlik va takomillashtirilganlik 
darajasi, tayyorlanish texnolo-giyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar 
tushuniladi. 
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur 
iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo 
ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada 
namoyon bo’ladi. 
Xom ashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:

materiallar sarfi normalarining kamayishida; 

unga ishlov berishga qilinadigan mehnat sarfining qisqarishida; 

pirovard mahsulot chiqishining ko’payishida; 

mahsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo’ladi. 
Mashinalar sifatini oshirishning samaradorligi:

mehnat unumdorligini oshishida; 

mashinalar chidamliligini uzayishida; 

zahiradagi mashinalarga bo’lgan talabning qisqarishida; 

ta’mir talab mashinalar sonining kamayishida; 

kapital sarflarga bo’lgan tejamkorlikda namoyon bo’ladi va xokazo. 
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

ishlab chiqarish vositalari sifati; 

xom ashyo, materiallar sifati; 

ishlovchilarning, malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqligi, tashabbuskorligi, 
izlanuvchanligi va ijodiy yondashuvi; 

ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish san’ati. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin