94
biri va ijtimoiy yordam hamda ijtimoiy ishlar ko‗rsatiladigan qatlam sanaladi.
Biologik va ijtimoiy xususiyatlarga bog‗liq ravishda
insonlar yoshini baholash
uchun ko‗pgina tasnifiy sxemalar mavjud. Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti
(JSST) tasnifiga ko‗ra katta yoshli aholiga 60 dan 74 yoshgacha, keksa yoshliga
75 dan 89 yoshgacha, uzoq umr ko‗ruvchilarga 90 va undan katta yoshlilar kiradi.
Fanda keksalar yoshi to‗g‗risida umum qabul qilingan tushuncha yo‗q, mazkur
maqolada keksa yoshli deganda 60 va undan katta aholi guruhlari tushuniladi.
JSST ma'lumotlariga ko‗ra 1980-yildan buyon jahonda 60 yoshdan kattalar
soni ikki marta oshdi va 2050-yilga kelib 2 milliardga yetadi. Bunda 80 va undan
katta yoshlilar 400 millionni tashkil qiladi.
16
Rivojlangan mamlakatlarda keksalar va uzoq umr ko‗ruvchilarning
ko‗payishi hayot sifatining yaxshilanishi natijasi bo‗lib, shuningdek sanoat
inqilobilan keyin tashxsilash va davolash uslublari,yangi va
samarali dori vositalari
paydo bo‗ldi. Rivojlanayotgan mamlaktlarda aholining qarishi tug‗ilishning
pasayishi va o‗lim vaqtidagi o‗rtacha yoshning o‗sishi bilan birga sodir bo‗lmoqda.
Qayd etish kerakki, rivojlangan mamlkatlarda keksalar ulushning oshishi
kambag‗allik muammosini keltirib chiqarmoqda. Tabiiyki,
yoshi katta va keksa
insonlarda tibbiy, psixologik va ijtimoiy tartibdagi muammolar paydo bo‗lib,
17
ularni o‗rganish bilan fundamental va ijtimoiy gerontologiya, keksalik ijtimoiy
psixologiyasi, ijtimoiy ish shug‗ullanadi.
Ko‗rsatilgan insonlar guruhidagi asosiy muammo ularning sog‗ligi, moddiy
holati, bandligi va turar joyi bilan bog‗liq. Tabiiyki keksa va yoshi katta insonlar
miqdorining oshishi bilan ularning tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‗rsatishi ham
muhim bo‗ladi. Bu yalpi farovon davlat uchun jiddiy muammolarni tug‗diradi. Bir
qator ekspertlar tasdiqlashicha keksalar to‗g‗risida hamxo‗rlik qilishga xarajatlar
axoli orasida mazkur guruhning o‗sishi
natijasi emas, balki aholi jon boshiga
umumiy tibbiy va ijtimoiy xizmat darajasining ta'siridir.
16
10 фактов о старении и жизненном цикле//Сайт Всемирной организации здравоохранения:
http://www.who.int/features/factfiles/ageing/ru
. Датаобращениякресурсу: 02.07.15.
17
Так как в науке нет общепринятого определения пожилого возраста, то во избежание терминологической
нагрузки текста будет использоваться термин «пожилые» для обозначения группы людей, которым 60 лет и
старше.
95
Keksalar bilan ijtimoiy ishni gender jihatdan tushunish ham muhimdir.
Ijtimoiy xodimning gender hissiyotliligi keksalarning
intim muammolarini
tushunishda, ularning gender xususiyatlarini bilishda aks etadi.
18
.
Keksalar bilan ishlash ijtimoiy ish etikasining muhim tarkibiy qismi katta
yoshlilar va keksalarda negativ tarbiya stereotiplarida aks etadigan eyjizmni
bartaraf etishdir. Keksalik jarayonidagi munosabatlarda bilmasdan turib xato qilish
ham ijtimoiy xodim, ham keksa insonlarga xosdir. Ijtimoiy xodimlar bir tomondan
keksalardagi salbiy hayotiy hodisalar oqibatlarini bartarf etishlari, boshqa tomonda
ularning hayot faoliyatlarini rag‗batlantirishi, o‗z hayoti uchun javobgarlikni
oshirishlari kerak.
19
.
Keksalarga ijtimoiy ko‗mak va amaliy yordam
beruvchi ijtimoiy xodim
ruhiy kuyish sindromi nomini olgan bir qator emotsional tartilarni sinovdan
o‗tkazishlari kerak. Tadqiqot natijalari shuni ko‗rsatadiki, ma'lum sharoitlarni
yaratish jmotsional kuyish sindromini oldini olish uchun zarurdir.
20
Masalan ijtimoiy xodim orqali superviziya ruhiy va moddiy ko‗mak oladi.
2. Qariyalar va keksalarga yordam ko‗rsatish bo‗yicha asosiy tizim rasmiy
va norasmiy bo‗ladi.
Rasmiy xizmatlarga davlat, xayriya, xususiy tashkilot va
agentliklar, norasmiylariga oila a'zolari, do‗stlar, qo‗shnilar kiradi. G‗arb
mamlakatlari va AQSh da rasmiy yordam ko‗rsatishning o‗ziga xosligi ular
keksalarga yashash joyi bo‗yicha yordam beradilar.
1992-yilda Shvetsiya parlamenti keksalarga yordam ko‗rsatish bo‗yicha
milliy dasturni amalga oshirish bo‗yicha qaror qabul qildi,
statsionar va yarim
statsionar xizmat ko‗rsatish, maxsus turar joyni taqdim qilish bo‗yicha barcha
xarajatlar mahalliy hokimiyat organlariga yuklatildi. Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy
xodimlar bugungi kunda keksalarga ularning yashash joyi bo‗yicha turli
xizmatlarni joriy etadilar. AQSh da 70-yillarda keksalarni parvarishlash bo‗yicha
kundalik markazlarni tashkil qilishni o‗z ichiga olgan tadqiqot dasturlarini amalga
18
См. Ярская-Смирнова Е., Романов П. Аҳолининг турли гуруҳлари билан ижтимоий хизматларнинг гендер
жиҳатлари . В.: Ижтимоий сиѐсат ва ижтимоий хизмат: гендер ѐндашув / . Е. Ярской-Смирново таҳрири
остида. Саратов: СГТУ, 2003.
19
Краснова О., Лидерс А. Кексаликнинг ижтимоий психологияси. – М.: «Академия» нашриѐт маркази, 2002
20
Poulin, J., Walter, C. (1993) “Burnout in gerontological social work”,
Dostları ilə paylaş: