134
fuqarolarning manfaatlariga rioya qilish bo‗yicha davlat faoliyatidir.; ma'lum
ijtimoiy guruh va nogironlar munosabatlarida ijtimoiy himoya ko‗rsatishdir.
Keng ma'noda ijtimoiy siyosat jamiyatd ijtimoiy tenglik va barqarorlikni
ta'minlashga yo‗naltirilgan jamiyat hayotida hokimiyat tuzilmalarining ta'sir
usullari va mexanizmlari majmui sifatida qaraladi. Tor ma'noda ijtimoiy siyosat
bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, ta'lim, sog‗liqni saqlash sohalarida davlat
tomonidan amalga oshiriladigan institutsionallashgan tadbirlar majmuidir.
Ijtimoiy siyosat sohasiga shaxs va jamiyat faoliyatining turli jihatlari kirib,
aholining nochor qatlamini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashdan boshlab jamiyatning
barqaror rivojlanishi va ishlashini ta'minlashni oladi. Shunday qilib, tahlil
qilinayotgan hodisaning turli jihatlari qo‗yilib, ammo ularning barchasi ijtimoiy
siyosat shug‗ullanadigan masalalar doirasida bo‗ladi. Bu jamiyatdagi barcha
fuqarolar manfaatlariga rioya qilish va ularning o‗z salohiyatlarini yanada
to‗laqonli namoyon qilish uchun sharoit yaratish bo‗yicha davlat faoliyatidir;
jamiyatning ijtimoiy sohalari rivojlanishi; ijtimoiy keskinlikni yaxshilash bo‗yicha
amaliy tadbirlarni o‗tkazish; ma'lum guruh va individlar o‗rtasida ijtimoiy himoya
ko‗rsatish.
Dostları ilə paylaş: