M
AVZU
: V
IRTUAL
O
'
YINLARNING
ASORATLARI
Guruh:
____________________
Bajardi :
_____________________
Tekshirdi:
____________________
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: ______________________________________.
R
EJA
O‘yinlarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri
Vertual o‘yinlarning
salbiy oqibatlari
Internet o‘yinlarining ta’siri
XXI asrda dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan
o‘zgarib, global integratsiya jarayonlarining
jadallashuvi yangicha tafakkur uslubini taqozo
qilmoqda. Yoshlar, o‘smirlar ongida Vatanga muhabbat
tuyg‘ularini shakllantirish, mustaqillikning oliy ne’mat
ekanligini tushuntirish, millat va xalq manfaati yo‘lida
kerak bo‘lsa fidoyilik ko‘rsata oladigan,
mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan,
uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining
muqaddas burchi deb biladigan, muayyan
mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur
egallagan,
mustaqil
, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va
jismonan barkamol insonni tarbiyalash dolzarb
vazifalardan biriga aylanib qolmoqda. Bu esa yoshlarda
tarixiy voqelikka ob’ektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa
chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi.
Ayni davrda yoshlarning qalbi va ongini egallashga
qaratilgan turli xil vayronkor g‘oyalarning kirib
kelishi ayniqsa, internet tarmog‘i orqali ko‘proq
ko‘zga tashlanyapti. Bu jarayon farzandlarimizning
kompyuter texnologiyalari, turli kompyuter
o‘yinlariga qiziqishining ortishi bilan ham bog‘liq.
Ularning bu qiziqishlaridan buzg‘unchi g‘oya
targ‘ibotchilari o‘z maqsadlari yo‘lida samarali
foydalanishga harakat qilmoqda. Boshqacha
aytganda, «o‘yinbozlik» jamiyatning ma’lum bir
qismiga tahdid ekanligini yaxshi biladigan
ekstremistlar o‘smirlar, yoshlar ongini shu yo‘l
bilan egallashga harakat qilmoqda.
«Olimlar I. P. Korolenko va T. A. Donskix
o‘yinbozlik alomatlarini shunday tasniflashgan
O‘smirning o‘yinda o‘tkazayotgan vaqti miqdorining oshib
borishi
Oldingi odatlar, qiziqishlar doirasi torayib, o‘yin haqida
ko‘proq o‘ylashi;
Yutsa ham, yutqizsa ham o‘yindan chiqa olmasligi;
O‘yin
boshlanishini orziqib kutish
, o‘yinsiz qolganda
bezovta bo‘lib, asabiylashish;
Tobora ko‘proq o‘ynash istagi, o‘yinga tobora ko‘proq narsa
tika borish
O‘yindan o‘zini to‘xtata olmay qolishi. «Bo‘ldi, o‘yinni
tashladim», – deydi, biroq oldin birga o‘ynagan sheriklarini
ko‘rsa, o‘yin haqida gap ochilsa, o‘yingohning yonidan
o‘tayotganda qaroridan tez aynib qoladi;
Ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirishi,
o‘g‘irlik qilishi;
Oila a’zolaridan, shifokorlardan va boshqalardan o‘zining
o‘ta o‘yinparastligini yashirib, yolg‘on gapirishi kabilar
o‘smirning o‘yinparastligidan dalolat beradi».
Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida
tarbiyaga
jiddiy yondashmaslik
, farzandning xatti-
haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida
ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish
mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli
informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish
natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil
kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti.
Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida
miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya,
ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib
o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu
esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng
katta tahdidlardan biri hisoblanadi.
Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish,
farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat
muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash
mumkin emas.
Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning
kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni
«aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator
o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani
jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy
buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri
foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha
aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat
hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab
huzurlanish
uchun emas
, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat
qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish
imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.
Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi
bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-
onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga
majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin
egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga
xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka
yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir
odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet
o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois
ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi
shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning
salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham
kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish
ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli
ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada
nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona
va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir.
E’
TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Dostları ilə paylaş: |