177
Yordamga muhtoj insonlar guruhi bir tomondan davlatning ijtimoiy siyosati
va kam himoyalangan fuqarolarga yordam berish strategiyasini belgilaydi. Bunday
holatda yo‗nalishlarni hukumat belgilaydi. Boshqa tomondan yordam
yo‗nalishlarini ijtimoiy xizmat ko‗rsatuvchi xayriya tashkilotlari ham belgilashi
mumkin. Bu holatda faoliyat shakli yetarlicha keng bo‗lib, turli moddiy nafaqalar
taqdim qilishdan inson hayotining muhim sohalarini tashkil qilishgacha bo‗ladi.
Mikrodarajadagi ijtimoiy xizmat shaxsiy so‗rov asosida tuziladi. Bu
darajadagi ijtimoiy xizmat kasbiy faoliyat shakli sifatida individning jamiyat,
guruh yoki boshqa individlar bilan ijtimoiy va ruhiy aloqasini tiklash va saqlashga
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Yordam uslubi va shakllari keng bo‗lib, individual maslahat
berishdan guruh, shu jumladan oilada ishlashgacha bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: