255
- sog‗liqni saqlashning past darajada rivojlanganligi;
- noqulay va xavfli mehnat sharoitlari;
-
muvaffaqiyatsiz ijtimoiylashuv jarayoni;
-qarama-qarshi me'yorlar va qadriyatlar hamda boshqalar.
O‗zbekiston zamonaviy ijtimoiy siyosatining yo‗nalishlaridan biri
nogironlarni
ijtimoiy
himoyalash,
ularni
sog‗lomlashtirish
sanaladi.
Sog‗lomlashtirish markazlarining muhim vazifalari qatoriga nogiron bolalarga
ularning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha ijtimoiy ko‗mak ko‗rsatish, ularning
huquqiy, tibbiy, ruhiy-pedagogik, ijtimoiy reabilitatsiyasini ta'minlash, kelgusida
o‗z hayotlarini barpo etishlari uchun yordam berish kiradi.
Nogironlik jismoniy, ruhiy, sezgi, ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa
to‗siqlar bilan imkoniyatlarning cheklanganligi bo‗lib, nogiron insonga
jamiyatning boshqa a'zolari kabi jamiyatga integratsiyalash hamda oila va jamiyat
hayotiga qatnishish imkonini bermaydi. Jamiyat nogiron shaxslarning muhim
ehtiyojlariga o‗z standartlarini moslashtirishi shart bo‗lib, bu ularning mustaqil
hayot kechirishini ta'minlash uchun zarurdir
Nogiron insonlar bilan qanday to‗g‗ri munosabat o‗rnatish mumkin?
Dostları ilə paylaş: