298
Ouken qonuniga ko‘ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy
ishsizlikning o‘zgarishiga bog‘liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig‘ini
tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
= πkut
- β [ u –u*] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko‘rinib
turibdiki, haqiqiy inflatsiya darajasi miqdori
kutilayotgan nflyasiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to‘g‘ri
bog‘liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog‘likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat
maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflatsiya
darajalarining istalgan
kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Qisqа хulosаlаr
Inflatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy)
darajasining barqaror o‘sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini
anglatadi. Inflatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy
munosabatlarni
izdan chiqarishida namoyon bo‘ladi.
Inflatsiya darajasi baho indekslari vositasida o‘lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi o‘zaro
farqlanadi. Inflatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash holda yuzaga keladi.
Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar,
aholining turli
qatlamlari hamda davlat va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik Fillips egri
chizig‘ida aks etadi.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib qisqa
davr uchun ishsizlik va
inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish,
inflatsion
keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta
qurollantirishni
izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish,
kommunal xizmatlar baholari o‘sishini cheklash
mexanizmini shakllantirish, bank
tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish,
qabul qilingan
Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish
inflatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: