Byudjet daromadlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish
mexanizmini takomillashtirish masalalari
Tursunmurodova Sh – TMI magistranti
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida va to’liq ijobiy hal
etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Aynan moliyaviy asosning markaziy
bo’g’inini davlat byudjeti tashkil etadi. Davlat moliyasini sog’lomlashtirish, davlat
byudjeti daromadlarining barqarorligi, ularni shakllantirish manbalari mukammal
nisbati va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
byudjet tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish
pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil bo’lib hizmat
qiladi. Davlat byudjetining to’g’ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat
makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo’jalik
sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali
mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Bu holat, o’z navbatida mamlakat
moliya tizimi barqarorligida muhim o’rin tutadi. Shu boisdan, davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va byudjet daromadlari
barqarorligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bu borada O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlab o’tdilar:
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning
yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini
ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”.
1
Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash hozirgi davrning dolzarb
masalalaridan biri ekanligi yuqorida keltirilgan fikrlardan ko’rinib turibdi.
Ushbu maqsadga erishish uchun byudjet daromadlarini oshirishning asosiy
yo’nalishlarini aniqlash hamda byudjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash
muhim vazifa hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti mablag’larini
shakllantirish va undan maksimal darajada samarali foydalanishga erishish davlat
moliyasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari biri hisoblanadi. Ma’lumki,
o’tgan davr ichidagi barqaror byudjet tizimini to’liq shakllantirish sohasidagi
barcha ishlarimiz va tajribalarimiz bu sohadagi jahon tajribasi bilan uyg’unlashdi,
bu esa O’zbekiston Respublikasining «Byudjet Kodeksida» o’zining huquqiy
aksini topdi.
1
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. 8-bet
.
2013 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasining «Byudjet Kodeksi»gi
qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi hamda uni
boshqarish asoslarini hamda davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish
va ijro etish tartibini va Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish hamda uning
xarajatlarini amalga oshirish printsiplarini yanada takomillashtirishga zamin yaratdi.
Shuningdek, mazkur Kodeks davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda davlat byudjeti mablag’lari bilan
operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish
tartibini belgilaydi.
Mamlakatimizda
2017-2021
yillarda
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining
barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad
qismini
mustahkamlashga
qaratilgan
byudjetlararo
munosabatlarni
takomillashtirish masalasi ustvor yo’nalish sifatida belgilangan.
2
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda moliya tizimini
samarali tashkil etishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur
islohotlar doirasida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan strategiya qabul qilingan
bo’lib uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan davlat dasturi tayyorlangan.
Moliya tizimining muhim bo’g’ini hisoblangan byudjet tizimini isloh
qilishda quyidagi yo’nalishlarni ko’rishimiz mumkin:
- Iqtisodiyotdagi soliq yukini qisqartirish siyosatini amalga oshirish
jarayonida davlat byudjetning daromadlarini samarali shakllantirish va uning
manbalari tarkibini optimallashtirish;
- daromadlarni davlat byudjetning turli bo’g’inlari xarajat majburiyatlariga
asoslangan holda taqsimlanish mexanizmini samarali shakllantirish,
- davlat byudjeti xarajatlarini manzilli va maqsadliligini oshirishni ta’minlash.
Ulardan iloji boricha iqtisod qilingan holda zaruriy ehtiyojlarni moliyalashtirishga
yo’naltirish hisoblanadi.
- davlat byudjeti ijrosini gaznachilik tizimiga o’tkazish va shu yo’l bilan
byudjet ijrosining samarali tizimini shakllantirish.
Ayni paytda byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o’stirishga va uning
samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida
yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi
lozim. Byudjet-soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning
daromadlar bazasini ta’minlash va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilish,
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek iston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini,
aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.
Byudjet-soliq siyosati keng ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va
mustahkam iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarini ta’minlash,
tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish,
aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va aholining ijtimoiy
himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarni ta’minlashga
yo’naltirilgan. Byudjet-soliq siyosati amaliyotda amalga oshirish nuqtai nazaridan
birlamchi vazifalar o’rtasida to’g’ri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi.
Mamlakatimizda soliq siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlari
iqtisodiy siyosatning ustuvorligi, milliy boylikni tejash, milliy iqtisodiyotning
o’sish darajasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg’unlashtirish, ikkiyoqlama
soliqqa tortishning oldini olishga qaratilgan xalqaro kelishuvlar ijrosini, soliq
to’lovchilarning ishchanlik kayfiyati, moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojlarini
ta’minlash, milliy dasturlarni amalga oshirish hamda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlantirishning strategik yo’nalishlari va tamoyillariga asoslangan holda olib
borildi.
2018 yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hamda 2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan
holda shakllantirilgan bo’lib, quyidagilarni nazarda tutdi:
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanat
va barqaror iqtisodiy o’sishni saqlab qolish;
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat
byudjeti balansliligini ta’minlash;
mahalliy byudjetlarning daromadlar qismini mustahkamlash va kelgusida
mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda mahalliy organlarning rolini
yanada oshirishga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va
boshq.
Mamlakatimiz davlat byudjeti daromadlari tarkibida ham bilvosita soliqlar
ulushi yuqori ulushi tashkil etadi. Xususan, 2018 yilda jami byudjet daromadlarida
bilvosita soliqlarning ulushi 52,2 foizni tashkil etgan holda 2013 yilga nisbatan 1,1
foizli punktga oshgan.
Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning
sababi shundaki, qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i iqtisodiy
kon’yunkturaning o’zgarishlariga bevosita bog’liq bo’lmagan barqaror daromad
manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo’yicha tushumlarning asosiy qismini
tashkil etadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq turlarining roli haqida
so’z yuritadigan bo’lsak, soliqlarni guruhlari bo’yicha tahlil qilish maqsadga
muvofiq bo’ladi. Jadval ma’lumotlarini o’rgangan holda bevosita soliqlarning
davlat byudjeti daromadlari va YaIMdagi ulushi va dinamikasini yanada yaqqolroq
ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: |