359
29–bob. PUL-KREDIT SIYOSATI
29.1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga
oshiriladi. Bunday
mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug‘urta
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so‘zlaridan kelib
chiqqan bo‘lib, «sarrof kursisi, do‘koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday tushuncha
tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko‘rsatgan
bankirlar haqidagi
ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot
ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‘lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut
(muassasa)dir. Pul bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘p, ammo
ularning markazida banklar turadi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish
mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O‘zbekistondagi bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2017 yil 1-iyul holatiga
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 28 tijorat bankini o‘z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga
keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo‘ladigan
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to‘lovlari (transfertlar) banklar orqali
o‘tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
-
pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
-
pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to‘lash
ishlarini bajaradi;
-
chet el valutasini sotadi
va sotib oladi;
-
o‘z qo‘lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug‘ullanadi;
-
o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
-
biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo‘ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi
pul va pirovard
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy
vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
360
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va
amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va
ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda
tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho
qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta rezervlarini, shu jumladan
kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini
saqlash va tasarruf etish;
Davlat budjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan
iboratdir”
65
74 .
Tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatli va o‘rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy
bo‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va
yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo‘ysinishiga qarab bank
qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga
(vertikal) va eniga (gorizontal) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal
–
rahbarlik
qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank
bilan quyi bo‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish
munosabatlari, gorizontal-turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik
munosabatlari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: