369
5.
M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida ko‘rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga
erishiladi.
Modelning endogen o‘zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R.
Modelning
ekzogen o‘zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t. a,b,c,d,m`,n,k va h
empirik koeffitsientlar bo‘lib musbat va nisbatan
barqarordir.
Y
haqiqiy < Y potensial bo‘lgan qisqa muddatli davrga muvozanat ko‘rib
chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o‘zgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y
o‘zgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial bo‘lgan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida baholar
darajasi R o‘zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha o‘zgaruvchilar real
kattaliklardir.
30.3. IS - egri chizig‘i va uning tenglamasi
IS-egri chizig‘i tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar
darajasi Y ning kombinatsiyalarini
xarakterlovchi, bir vaqtning o‘zida asosiy
makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya
va sof eksport funksiyalari
qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri
chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘zaro teng
bo‘ladi.
IS-egri chizig‘ini Keyns xochi va investitsiya funksiyasi
grafigi yordamida
keltirib chiqaramiz. (30.1-,30.2-, va 30.3-rasmlar.)
70
70
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth
Publishers, 2013): 315
370
Foiz stavkasining R1 dan R2ga qadar ko‘tarilishi investitsiyalar miqdorini I1
dan I2 ga qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizig‘ini E1 dan
E2 ga qadar pastga tomon ΔE = ΔI ga teng miqdorda surilishiga olib keladi. Oqibatda
daromadlar miqdori Y1 dan Y2 qadar
ΔY =ΔE
x m miqdorga pasayadi, bu yerda
Dostları ilə paylaş: