382
32- bob. IQTISODIY O‘SISHNING NEOKLASSIK MODELLARI
32.1. R.Solouning neoklassik modeli asoslari
Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni
dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat
foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish,
unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni
yaxshilash hisobiga
potensial mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda
paydo bo‘ldi.
Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni
tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar
iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. Bu firmalar o‘z
investitsiyalarini
strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan
holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan
modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab
chiqarish funksiyasidan foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga
erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning
neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol
kirishishga undadi.
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi
J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan
potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun,
iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi.
Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat,
kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi ishlab
chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib
chekli
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ishlab
chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari
(omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bilan
belgilanadi.
Noklassik
maktab
nazariyotchilari
iqtisodiy
o‘sishning neokeynscha
nazariyalarini uch jihat bo‘yicha tanqid qildilar:
-
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning
bir omiliga-kapital
jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) qaratishdi. Boshqa
omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi
kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil
etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar
bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
uchun yangi ishchi kuchini
jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash
383
mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi
koeffitsenti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki
ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro
bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsent o‘zgarishi
mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning
berilgan texnik
qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning turli
kombinatsiyalarini qo‘llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi;
-
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik
tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan
farqli ravishda,
neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga
ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor muvozanatini
avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning iqtisodiyotga
aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflatsion davlat
xarajatlariga
qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash
xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish
nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi
taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan
ifodalangan
75
. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan
foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari o‘rtasidagi
funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Dostları ilə paylaş: