32.4. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari
J.Midning iqtisodiy o‘sish modeli ham
neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy
o‘sishni chekli unumdorlik qonuni qo‘llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan
tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi”
392
(1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan
variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini
keltirib chiqardi.
Y=αk+βL+r
bu yerda: Y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish surati: k- kapitalning
o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
L- mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati; α- milliy daromadda kapitalning
ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi; r- texnologik taraqqiyot sur’ati.
Tenglama, milliy daromadning o‘sish sur’ati milliy daromadda ega bo‘lgan
ulushi bo‘yicha mehnat va kapital o‘sish sur’atlarining yig‘indisiga texnologik
taraqqiyot sur’ati qo‘shilishidan paydo bo‘lgan miqdorga teng bo‘lishini ko‘rsatadi.
Mehnat va texnologik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid
quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’ati kapital o‘sishning
barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida
erishiladi. Agar kapitalning o‘sish sur’atlari milliy daromadning o‘sish sur’atlaridan
oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bog‘liqlik J.Midning jamg‘arishning milliy daromaddagi ulushi doimiy
deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg‘arishning
(investitsiyalarning) yuqoriroq sur’atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan
jamg‘armalarning qo‘shimcha o‘sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Agar kapitalning o‘sish sur’ati milliy daromadning o‘sish sur’atidan
orqada qolsa teskari holat ro‘y beradi.
Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini ko‘rib
chiqib J. Mid agar ular kapital jamg‘arish sur’atidan oshsa unda chekli mehnat
unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil
bo‘ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida
ularning yangi nisbati esa mehnatning ham, kapitalning ham to‘liq bandligini
ta’minlaydi. Shu bilan birga J. Mid real holatda mehnatning va kapital
jamg‘arilishining o‘sish sur’atlari o‘rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga
e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o‘sishi shunga muvofiq kapital oshishi
bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y bermaydi, chunki ishchi
kuchining o‘sishi ortiqcha bo‘lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat
unumdoligini o‘sish sur’atlaridan tezroq o‘ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish
quvvatlari hosil bo‘ladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari
mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni ko‘rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi,
bu esa o‘z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning
foydaliligining o‘sishiga olib keladi. Natijada jamg‘arish sur’atlari oshadi va ishchi
kuchining o‘sish sur’atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit
393
siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi
kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg‘armalarni qayta taqsimlashning,
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, samarali
mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o‘z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o‘sishning
asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi
yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo‘l keladi.
Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil
markaziga tadbirkor shaxsini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish
omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul
qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan
holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat
unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa
qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib
kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi
darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday
muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha
yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini
qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining
tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo
bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining
daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi.
Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir
ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai
bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq
xo‘jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy
o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq
keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog‘liq
bo‘ladi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini
rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning
qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‘payishi fermerlarni
qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni
industrial bosqichni o‘tgan g‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb
hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari
uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o‘z tahlilida ko‘rsatganidek
394
iqtisodiy o‘sishning mehnat va kapital bilan bog‘liqligining eng yaxshi namunasi
bo‘lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya ,
Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini
teskari bog‘liqlikda bo‘lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning
past sur’atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda
foydalanish bilan bog‘liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini
boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya,
Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o‘sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A.
Lyuis modeliga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‘z sanoatini balki boshqa
yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butun qit’a
uchun o‘ziga xos mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji
yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda
asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf- odatlari, an’analari
va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunga yaqqol misol
sifatida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning
“O‘zbek modeli” ni keltirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |