II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
50
@edurtm_uz
Siz qaysi shifokorning qarorini ma’qullaysiz? Nima uchun?
1. «Bilimli inson xor bo‘lmaydi» degan naql bor. Buning sababi nimada?
2. Qanday omillar jamiyatda bilimning bahosini oshirmoqda?
3. Qaysi sohalarda bilimning ahamiyati tezkor ko‘tarilib bormoqda?
4. Jamiyatda bilimli insonlar ko‘payishi va qadr topishi uchun qanday
omillar zarur?
13-MAVZU: BILIMGA ASOSLANGAN JAMIYATDA
MUVAFFAQIYAT QOZONISH
BILIMGA ASOSLANGAN JAMIYATDA BILIMLI FUQARO QADR TOPADI
Jahonda
gi eng boy kompaniyalarga nazar tashlang. Yetakchi o‘nlikda
turgan kompaniyalar, asosan, inson aqli evaziga rivojlanmoqda va boyimoqda.
Ular bilan birga davlatlar ham taraqqiy etmoqda. O‘tgan asrlarda esa
eng boy kompaniyalar neft, gaz, ishlab chiqarish kabi yirik sanoatlardan
foyda ko‘rgan.
Bugun esa hammasi o‘zgarib, xomashyo sarf qilmasdan turib ham boyish
va rivojlanish imkoniyatlari mavjud.
«Bilimga asoslangan jamiyat» deganda zamonaviy dunyoning o‘zga-
ruvchan iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida raqobatlasha olish va
muvaffaqiyatga erishish tushuniladi. Bu tushuncha yetarli bilimga ega
bo‘lgan fuqarolarining salohiyatiga tayanadigan jamiyatni ifodalaydi.
Bunday jamiyatda bilimli fuqaro innovatsiyalarni, tadbirkorlikni harakatga
keltiruvchi kuchga aylanadi.
Bugungi taraqqiyot zamonida biror ishda muvaffaqiyat qozonish uchun
o‘tgan asrdagi kabi bilimli bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bugun har
qaysi yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun quyidagi ko‘nikmalarni
rivojlantirishimiz zarur.
M
uvaffaqiyat qozonish uchun ko‘nikmalar.
Dostları ilə paylaş: