49
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
MIYA ALDANADIMI?
1939-yil. Bir kuni Kaliforniya universiteti
talabasi Jorj Bernard Dansig statistika darsiga
kech qoladi. U o‘quv xonasiga yetib kelganida
dars allaqachon tugagan va doskada 2 ta
ma sala chala yozib qoldirilgan edi. Jorj
Bernard ularni uyga vazifa deb xayol qilib
shosha-pisha ko‘chirib oldi.
Keyingi bir hafta u besaranjom bo‘ldi:
masalalarni yechish uchun kutubxonaga
qatnadi, tunlari ishladi. U masalalarning
odatdagidan biroz mushkulroq ekanini pay qadi, ammo qunt bilan
ularni yechishga kirishdi.
Biroq kelasi darsda o‘qituvchi bu masalalar haqida og‘iz ochmadi.
U har ehtimolga qarshi ishlanmalarini professorga qoldirib ketdi.
Keyingi kun, erta tongda Jorj Bernardning yotoqxona eshigi taqilladi.
«Sen ishlagan masalalarga taqriz yozdim. Iltimos, buni o‘qib, maqola
tayyorla va chop etish uchun biror nashrga yubor», – dedi ostonada
hansirab turgan professor Neyman. Jorj nima gapligini tushunmay
ustozining qo‘lidagi qog‘ozga ko‘z tashladi.
«Yechilmagan ikki statistik masalaning javobi topildi» deb yozilgan edi
unda. Shu taxlit Jorj Bernard Dansig o‘zi bexabar holda ikki yechimsiz
masalaga javob topgan edi.
Dostları ilə paylaş: