II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
60
@edurtm_uz
Tanqidiy fikrlaydigan kishi oqilona qaror qabul qiladi.
Anvarning
otasi o‘g‘liga noutbuk sovg‘a qildi. Do‘stiga havasi kelgan Nodir ota-onasidan
unga ham noutbuk olib berishlarini so‘radi. Uning otasi uyni yaqindagina
ta’mirdan
chiqargani sabab, noutbuk xaridini biroz keyinroqqa qoldirishni
aytdi. Nodir bundan biroz xafa bo‘lgan bo‘lsa ham, ota-onasini tushundi va
bu fikrga ko‘ndi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonda mustaqil o‘rganish
moyilligi baland bo‘ladi. Ya’ni, bunda
siz bilimingizni boyitasiz,
qo‘shimcha ma’lumotlar izlaysiz.
MENING HAYOT QOIDALARIM
Qonun va qoidalar bizni to‘g‘ri yo‘naltirish, himoya qilish va tartibni
saqlash uchun juda muhim.
Tasavvur qiling, dunyoda hamma amal qilishi
shart bo‘lgan ikkita qoida ishlab chiqish kerak. Siz qaysi qoidalarni ilgari
surasiz?
1-qoida ... .
Bu qoidani
tanlashimdan maqsad shuki, ... .
2-qoida ... .
Bu qoida Yer uchun muhim, chunki ... .
Tanqidiy fikrlash orqali biz ahamiyatsiz og‘zaki bahslarni asosli fikrlar
bilan ifodalashga o‘rganamiz. O‘z nuqtayi nazarimizni
shubha ostiga olamiz,
boshqalarni tinglaymiz. Bunday insonlar «Ehtimol men xato qilayotgandir-
man?», «Balki uning so‘zlari to‘g‘ridir?» degan savollarni o‘ziga beradi va
javob izlaydi.
Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega insonlar kamtar bo‘ladilar,
fikrlari
-
ning xato ekanini, boshqalarning ustun jihatini tan oladilar. Ular sinchkov
va qiziquvchan bo‘ladilar, mayda dalillarni ham o‘rganishdan to‘xtamay-
dilar.
Dostları ilə paylaş: