69
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
O‘zingizdan birdaniga katta narsani kutmang.
Katta, mavhum maqsadlardan voz keching.
Kichik urinishlar doimiy odatlarga aylanganiga amin bo‘ling.
Harakatlar odatlarga aylanishiga diqqat qiling.
Kichik g‘alaba ham sizni ilhomlantiradi va
hayotingizni yaxshi tomonga
o‘zgartiradi. Buning uchun «qulay hudud»dan chiqing. Qulay hududdan
chiqish uchun tashlangan kichik qadam ham katta o‘zgarishlarga
sabab
bo‘ladi.
Eng muhim shart:
O‘zingizni olg‘a borishga majburlang.
Eng muhim omil:
Kichik odatlar katta sa’y-harakatlarni talab qilmaydi.
Xohish kuchi – iqtidor kuchidan ustun. Bir hikmatni unutmang – bir
maromda, ammo muntazam yurgan uzoq yuradi va maqsadga yetadi.
Kuchli xohish doimo rag‘bat bilan quvvatlanishi kerak.
Eng muhim qoida:
Son emas, muntazamlilik muhim. Kichik odatlarga doimiy amal qilib
va ularni takrorlab odatlanish mumkin. Kichik
natijalardan ham xursand
bo‘ling, ularni katta g‘alaba deb biling.
Jamoaviy mashg‘ulot
Tasavvur qiling, o‘qituvchingiz bergan vazifa asosida loyiha darsi
uchun o‘rganishlar o‘tkazib, taqdimot tayyorlab kelishingiz kerak.
Taqdimot yakunlanishi arafasida siz jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganingizni
tushundingiz. Natijada loyihani boshidan boshlashga to‘g‘ri
kelishi
mumkin. Bu vaziyatda nima qilgan bo‘lar edingiz?
Notiqlik –
liderlarga xos
xususiyat.
Notiqlik sirlari