III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
72
@edurtm_uz
19-MAVZU: BIZNING KUCHLI VA KUCHSIZ
TOMONLARIMIZ
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
1. Kuchsizlik nima?
2. Jismoniy kuchsizlik xavflimi yoki ruhiy?
3. Insonning «kuchli» yoki «kuchsiz» ekanligini qanday bilish mumkin?
G‘olib bo‘lish uchun to‘siqlar qarshisida taslim bo‘lmaslikning o‘zi
kifoya. Kurashayotgan bo‘lsangiz, demak tajriba orttiryapsiz – tobora
kuch-quvvatga to‘lyapsiz. Sinovlar mobaynida taslim bo‘lmaslik va olg‘a
borish uchun inson kuchli xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur.
Beayov to‘lqinlar mahoratli kema yo‘lboshchilarini kashf qilgani kabi,
mashaqqatlar inson ichidagi kuchli jihatlarni yuzaga chiqaradi. Umri
davomida kuchli iroda va matonat sifatlari tufayli
kishi xususiyatlari olmos
kabi sayqallanib, qadr topib boradi. Doimiy ravishda o‘z mahoratini oshirish
insonning kuchli tomonlarini mustahkamlaydi
va zaif tomonlaridan xalos
qiladi. Quyidagi hayotiy qoidalarga rioya qilish orqali insonda kuchli
sifatlar rivojlanadi.
BIZNING KUCHLI TOMONLARIMIZ
O‘zgarish
«O‘zgarish – o‘rganishning mevasidir», deydi donishmand.
Muvaffaqiyat
qozonish va baxtli bo‘lish uchun o‘qib-o‘rganish orqali o‘zgarishni odat
qilish kerak. Boisi, bilimli inson tushkunlikka tushmaydi, u yuksalishda
davom etadi.
Odamlarga hurmat
Muvaffaqiyat oxir-oqibat odamlarning ko‘ngliga yo‘l
topa olish qobiliyati
bilan hisoblashadi. Bilim sizga kuch va ishonch bersa, fe’l-atvoringiz
hurmat keltiradi.
O‘z-o‘zini boshqara olish
Jahlni tiyish, g‘azabni jilovlash insonning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini
oshiradi. Xitoy faylasufi Lao Szi aytganidek: «
Boshqalarni boshqarish –
kuch, o‘z-o‘zini boshqarish – qudratdir».
Rahmat aytish
Atrofdagilarga tez-tez minnatdorchilik bildirib turing. Bu odat o‘zaro
rishtalarni mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi.