Mening hayotiy rejalarim a) Eng muhim uchta maqsadingizni aniqlang. Ularga erishish yo‘llarini
toping va amalga oshirish uchun zarur harakatlar rejasini ishlab
chiqing.
b) sizningcha, ushbu maqsadlarga erishgandan so‘ng hayotingiz qanday
bo‘ladi?
d) tasavvur qiling, siz ularga erishdingiz. O‘zingizni qanday his qilyap-
siz?
2. «Liderlik sari besh qadam» mavzusida esse yozing. 69-betda «Jamoaviy mashg‘ulot» ruknida berilgan savolning javobi: Ayni paytda amalga oshirayotgan ishlarni to‘xtating va xatolarni baho
-
lang. Ularni to‘g‘irlash ko‘p vaqtni talab etishi yoki etmasligini aniqlang. Agar
qisqa fursat ichida kamchiliklarni bartaraf qilish imkoni bo‘lsa, buning
choralarini ko‘ring. Modomiki, jamoangiz bilan loyihani boshidan bosh-
lashga to‘g‘ri kelsa (loyiha belgilangan muddatidan chiqib ketgan taqdirda),
bu haqida o‘qituvchingizga xabar bering. Loyihani bajarish muddatlarini
uzaytirish, vazifalarni qayta taqsimlash maqsadga muvofiq.
Savol va topshiriqlar Mustaqil faoliyat ENG BUYUK YO‘LBOSHCHI Amerikalik olim Maykl Xartning «Tarixdagi 100 buyuk odam»
nomli asari G‘arb dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.
Xartning bu asarida keltirilgan 100 nafar buyuk insonlar orasidan
insoniyat tarixini yaxshi tomonga o‘zgartirgan eng muhim
shaxs kompyuter tizimi orqali aniqlandi. Kompyuter dunyo
liderlari ichidan eng buyuk yo‘lboshchi deb Muhammad (s.a.v.)ni tanlab
berdi.
«Dunyo tarixini o‘zgartirgan eng yetakchi shaxslar ro‘yxatining
boshiga Muhammad (s.a.v.)ning yozilgani bejiz emas. U dunyoviy
va diniy sohalardagi samarali ishlari bilan tarix sahnasidagi ana shu
ulug‘ maqomga munosibdir».
Maykl XART, amerikalik olim 1. Dinlar jamiyat farovonligiga qanday xizmat qiladi?
2. Diniy qadriyatlar bilan bog‘liq qanday axloqiy me’yorlarni bilasiz?
3. Lider yoki yetakchi deganda qanday insonlarni tushunasiz?