II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
68
@edurtm_uz
Maqsadga erishish yo‘lida
O‘zingizga tez-tez savol bering:
«Bu ishni yanada yaxshiroq uddalash uchun nima qilishim kerak?»
Munosabatlarni qabul qiling
Tanqidni to‘g‘ri qabul qilgan odamlarning faoliyati samarali bo‘ladi,
ular o‘z ishlaridan ko‘proq qoniqish his qiladilar.
Savollarga javob bering va ro‘y xatni davom ettiring.
Yon-atrofdagilarning munosabatini nega qabul qila olmaymiz?
Qanday odamlar o‘zlarini oqlashni yaxshi ko‘rishadi?
Boshqalarni mensimaslikning sababi nimada?
...
To‘g‘ri tanqidni qabul qilmaslik nimalarga olib keladi?
Tez-tez xato qilish nimadan darak beradi?
Muvaffaqiyatsizlikka uchrashning qanday sabablari bor?
...
Qila olaman deb o‘ylasangiz ham, qila olmayman deb o‘ylasangiz
ham – to‘g‘ri o‘ylagan bo‘lasiz.
Genri Ford
Foydali odatlar – maqsadga olib boruvchi yechim
Siz uchun foydali odatlar ro‘yxatini tuzing.
Ularni egallashning foydali jihatlarini yozing.
Siz tanlagan odatlar sizga
nega kerak, bu bilan nimaga erishasiz?
KATTA O‘ZGARISHLAR QILUVCHI KICHIK ODATLAR
Amalga oshirilgan barcha vazifalarni yozib boring.
Shunda natijalardan
paydo bo‘ladigan xursandchilik ham yuzaga chiqadi.
Majburiy harakatlardan voz keching.
O‘zingizni qiynamaslikka harakat qiling.
Harakatni kichik vazifalarni bajarishdan boshlang,
rejangizni amalga
oshirishdan to‘xtamang.
Dostları ilə paylaş: