67
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Xushmuomalalik, sabr-matonat, odillik kabi sifatlarni o‘zida mujassam
qilgan Sohibqiron boshqa amaldorlardan ham
shunday fazilatlarni talab
qilgan. Amir Temur hasadchi, kek saqlovchi,
qora niyatli, g‘iybatchi,
zulmkor, razil, xulqi buzuq kishilarni nihoyatda yomon ko‘rgan, ularni,
hatto navkarlikka ham olmagan. U atrofiga jasoratli, dovyurak va mard
insonlarni to‘plagan.
Amir Temurdan o‘rganishimiz lozim bo‘lgan fazilatlar.
1-abzatsdagi gaplardan qanday xulosa chiqardingiz?
2-abzatsdagi «chin e’tiqod» tushunchasiga izoh bering.
3-abzatsda keltirilgan qaysi fazilatlar sizda ham bor?
4-abzatsdagi «ikkiyuzlamachi, munofiqlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan»
fikrining mohiyatini tushuntiring.
5-abzatsga ko‘ra, Amir Temur nima sababdan amaldorlardan xushmuo-
mala,
sabr-matonatli, odil bo‘lishni talab qilgan?
ORZULARI USHALGAN BOLA
Soichironing otasi temirchi edi. U bolali-
gidan otasiga yordamlashib ulg‘aydi.
Onda-
sonda ularnikiga ishdan chiqqan mototsikllarni
olib kelishardi. Soichiro bu g‘alati transportga
hayrat
bilan tikilar, tuzatishga qarashar edi.
U ba’zida ustaxonadagi temirlarni bir-biri-
ga payvandlab shunday transport yaratishga
intilardi.
Soichironing
orzulari ummondek cheksiz
bo‘lgan. U orzusiga erishish uchun 15 yoshida Tokioga yo‘l oladi. Ish
izlab taniqli «Toyota» kompaniyasiga kelganida uni ishga olishmagan.
U mashaqqat va haqoratlarga qaramay, orzularidan voz kechmadi. Soichiro
22 yoshida o‘zining avtomobil ta’mirlash ustaxonasini ochadi.
Kunlar-
ning birida u mototsikl yasashga kirishib, oxir-oqibat orzusiga yetadi.
1948-yilda Soichiro Honda tomonidan asos solingan «Honda Motor»
kompaniyasi jahondagi eng qimmat avtomobil va mototsikllarni ishlab
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: