III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
76
@edurtm_uz
20-MAVZU: MAQSADGA QANDAY ERISHILADI?
1. Hayotda maqsad bilan yashash nega muhim?
2. Maqsadga erishishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
3. Siz orzu qilgan hayot uchun qanday maqsadlar zarur?
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
Maqsad qo‘yish – yuksalishga xizmat qiladi.
«SMART» maqsad texnologiyasi
«SMART»
– ingliz tilidagi
Specific (aniq), Measurable (o‘lchash mumkin
bo‘lgan), Achievable (erishsa bo‘ladigan), Relevant (ahamiyatga ega)
hamda
Time-Bound (amalga oshirish muddati aniq)
so‘zlarining qisqartmasi.
SMART-maqsadni yozishda ana shu shartlarning barchasi hisobga olinadi.
Nimani amalga oshirishni xohlayotganingizni bilasizmi?
Unga erishsa bo‘ladimi?
Qachon amalga oshirishni belgilab olganmisiz?
Maqsadga erishganingizni qanday bilasiz?
Bu mezonlar noaniqlik va taxminlarni yo‘q qiladi,
aniq harakat qilishga,
yutuq va kamchiliklarni kuzatishga yordam beradi.
Aniq
Maqsad samarali bo‘lishi uchun, u aniq bo‘lishi kerak. Aniq
maqsad quyidagi savollarga javob beradi:
Uni uddalash uchun nimalar zarur?
Buning uchun kim mas’ul?
Maqsadga olib boruvchi yo‘lni bilasizmi?
Misol:
Maftuna bolaligidan pazandalikka qiziqadi. Buvisi va oyisi unga
milliy taomlar tayyorlashning noyob usullarini o‘rgatishadi. U akasining
yordami bilan ijtimoiy tarmoqda pazandachilik blogini ochdi.
Maftuna
kuzatuvchilari sonini bir oyda 2 000 nafarga oshirish maqsadida 10 kundan
so‘ng blogi haqida yirik tarmoqlarda reklama bermoqchi.
O‘lchanadigan
Yuqoridagi
misolga nazar solsak, boshlanishi yaxshi,
ammo unda nimadir yetishmayapti – aniqlik, ya’ni
o‘lchov yo‘q. Ya’ni, Maftuna
blogidagi kuzatuvchilar
sonini qanchaga ko‘paytirmoqchi? Ming yoki ikki
mingtaga? U nechta va
qaysi tarmoqlarda reklama
bermoqchi? Ikkita yoki beshta?
Maftuna bu maqsadini yanada mustahkamlash uchun O‘zbekistonda
ommalashgan yetakchi tarmoqlar ro‘yxatini ko‘rishi kerak.