III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
74
@edurtm_uz
«BOKS QIROLI» – MUHAMMAD ALINING KUCHLI JIHATLARI
«Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir
paytda o‘zimga: «To‘xtama! Hozir azoblansang
ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib
yashaysan» deyishni kanda qilmadim.
Kuchli ezgu istak meni o‘zim
xohlagan manzilga
olib borishini bilar edim. Chempionlar mashq zalla
-
rida yetishib chiqmaydilar. Ular, avvalo, o‘zlarining
qalblarida kuchli xohish, orzu tufayli tug‘iladilar.
Sportda g‘alaba uchun mahoratdan ko‘ra istakning
ahamiyati yuqori.
Omading kelgani sari odamlarga yaxshilik qo‘li-
ni cho‘z. Odamlarni baxtli qilish –
mening burchim
bo‘lgan. Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir
finjon muhabbat,
bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq
saxiylik, yana birozgina g‘amxo‘rlik yetarli ekanini
aytaman».
Muhammad Aliga xos kuchli jihatlar ro‘yxatini tuzing.
Quyidagi xususiyatlar nimalarga olib kelishini muhokama qiling.
1. Men mayda-chuyda detallarga ham haddan tashqari e’tiborliman.
2. Men yordam so‘raganlarga «yo‘q» deya olmayman.
3. Mening fikrim tez-tez o‘zgarib turadi.
4. Ba’zida menga ishonch yetishmaydi.
5. Men bilmaganimni boshqalardan so‘ray olmayman.
6. Men juda qiziqqonman.
7. Men ishlarni chala tashlab ketaman.
8. Men odamlarni tinglay olmayman.
9. Men tez-tez tushkunlikka tushaman.
Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat.
Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi.
Mahatma Gandi
Dostları ilə paylaş: