83
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
MUVAFFAQIYATSIZLIK – VOZ KECHISH UCHUN SABAB EMAS
Stiven Spilberg
Kaliforniya kinofilm universitetiga kirishni orzu qilgan.
Biroq 12 yoshida 8 daqiqali film yaratgan Stiven
uch marta urinib ham bu
o‘quv yurtiga kirolmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay, u rejissorlikdan
voz kechmadi. O‘n ikki marotaba Oskar mukofotining «Eng yaxshi
film uchun» nominatsiyasida taqdirlangan
ijodkorni bugun yosh-u qari
yaxshi taniydi. Bir vaqtlar uni qabul qilmagan universitet 1994-yilda
Stivenga faxriy diplom berdi. 1996-yilda esa rejissor iqtisodiy qiyinchilikka
uchragan bu universitetni otaliqqa oldi.
Quyidagi «Orzular tog‘i»ni daftaringizga ko‘chiring. Tog‘ larning past-
lagan qismlari va cho‘qqilariga namunadagi kabi fikrlarni yozing.
Orzularim ko‘p,
Orzularim ko‘p,
nima qilsam ekan?
nima qilsam ekan?
Harakat qilsa,
erishish mumkin
Unchalik ham
Unchalik ham
osonmas ekan
osonmas ekan
Muvaffaqiyatsizlik qoqilishga o‘xshaydi – sodir bo‘lishi
muqarrar, lekin
qoqilgach qayta turib, yo‘lda
davom etishni, to‘xtab qolmaslikni unutmaslik
kerak.
Muvaffaqiyat – qilingan xatolarni takrorlamaslik degani
Xatolarni takrorlamaslik uchun nima qilish zarur?
Qayerda noto‘g‘ri yo‘l tutganingizni tushuning:
sababini aniqlang va
shunga qarab rejangizni o‘zgartiring.
Tajribani unutmang: tajriba to‘plashdan qo‘rqmang. Urinib ko‘ring,
muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, tajribaga ega inson bo‘lasiz.
Qo‘rquvni rad eting: bir marta, ikki yoki uch
marta urinishlar muvaffa-
qiyatsiz bo‘lsa, qo‘rqish foydasiz ekanini anglaysiz.
Xatoni tan oling: aybni boshqaga to‘nkamang. Siz xatoni tan olsangizgina
siljishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: