85
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Muvaffaqiyat, bu – yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash
degani.
MUVAFFAQIYAT KALITI – MEHNATSEVARLIK
Ravshan bolaligidan otasiga ergashib,
«Paxtakor» stadioniga borishni xush
ko‘rar edi. Haybatli stadionda u ilk
orzulariga duch keldi – taniqli sportchi
bo‘lish.
«Muvaffaqiyat orzularining chin va
chiroyli ekaniga ishonganlarga nasib
qiladi», degani rost ekan. Futbolga mehr
va o‘z ustida mehnat uni taniqli «Pax-
takor» jamoasining yoshlari tarkibiga
qo‘shdi. Ravshan o‘n yetti yoshidan
boshlab futbol bilan jiddiy shug‘ullana
boshladi. Qishning ayozli kunlarida kuyunchaklik bilan bugun stadionga
bormay qo‘ya qolishini so‘ragan onasiga xavotir olmasligini aytib, xotirjam
qilar edi.
Lekin o‘n to‘qqiz yoshida olgan jarohati tufayli u katta futbol bilan
xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ravshan uchun qiyin davr boshlandi –
tushkunlik. Bir kuni Ravshan otasi bilan birgalikda sportda muvaffaqiyatga
erishishga oid muhim rejani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, olti yo‘nalishda
vazifalar belgilab olindi:
Dostları ilə paylaş: